Meksikaga olib ketilayotgan yuklarni tekşiriş çoğida Peru bojxona xodimlari tomonidan musodara qilingan sirli «jasadlar»ning özga sayyoraliklarga aloqasi yöq. Bu haqda sud-tibbiyot ekspertlari ma’lum qildi, deb xabar berdi AP.

«Jasadlar» qoğoz, yelim, metall, inson va hayvon suyaklaridan yasalgan. Şu bilan birga, jarayonda zamonaviy yelim işlatilgan, ya’ni «jasadlar» qadimgi davrda emas, nisbatan yaqinda yasalgan.

Peru prokuraturasi obektlarning kimga tegişli ekanini hozirça aniqlagani yöq. Biroq, rasmiylar yuk Meksika fuqarosiga yuborilganini ta’kidlamoqda.

«Jasadlar»dan birining qölida uçta barmoği bor edi, bu sentabr oyining boşidagi voqeani eslatadi. Şu vaqtda bir guruh ufologlar jurnalist Xayme Maussan bilan birgalikda Meksika Kongressiga Peruda topilgan «özga sayyoraliklar jasadi» deb nomlangan ikkita obektni taqdim etgan edi. Ularning ham tişlari yöq bölib, qöllarida uçta barmoq bor edi.

Maussan «jasadlar»ning yoşi ming yil ekanini ta’kidladi. U ilgari NUJ haqida yolğon ma’lumot tarqatiş va ba’zi narsalarni «özga sayyoraliklar» sifatida tasvirlaşga uringanlikda foş etilgan. Maussan taqdim etgan «jasadlar»ning yerdan taşqarida kelib çiqqanini Perudagi birorta ilmiy taşkilot tasdiqlamadi.