Toşkent metropoliteni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan poyezd vagonlarining birida yoritiş qurilmalari öçib qolgani tasvirlangan video yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilişiça, 15 yanvar kuni soat 11:51 lar atrofida «Döstlik» bekatidan harakatlanayotgan 42-sonli harakat tarkibining 4-vagonidagi elektr bilan ta’minlovçi himoya avtomatida texnik nosozlik holati kuzatilgan va buning natijasida vagonning asosiy yoritiş çiroqlari öçib qolgan.
Harakat tarkibi sönggi bekatga borganidan söng, maşinist tomonidan kerakli çoralar körilgan va yoritiş tizimi qayta tiklangan.
«Bu holat poyezdlar harakatiga heç qanday ta’sir körsatmagan. Keltirilgan noqulaylik yuzasidan yölovçilardan uzr söraymiz», — deyiladi xabarda.












