Yiğilişda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi faoliyati mutlaqo qoniqarsiz ekani körsatib ötildi.

Inspeksiya faqat kamçilik aniqlaydigan idoraga aylanib qolgani, profilaktika bilan esa işi yöqligi, tizimida korrupsiya uluşi yuqoriligi tanqid qilindi.

Budjet mablağini taqsimlaş ham, uni nazorat qiliş ham bitta vazirlikda bölişi notöğri ekani ta’kidlandi.

Şu bois Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi ham Boş prokuratura departamentiga ötkaziladi.

Şu bilan birga, Hisob palatasi xodimlari budjetdan eng köp mablağ oladigan 12 ta vazirlikka biriktiriladi. Vazirliklarning har bir xarajati ular bilan kelişilgandan keyin amalga oşirilişi belgilandi. 

Departament va Hisob palatasi birgalikda işlab, yaşirin iqtisodiyotni jilovlaş va budjet mablağlarini töğri sarflanişi uçun javobgar böladi.