2023 yilda Rossiyada 589 mingdan ortiq oğir va öta oğir jinoyatlar sodir etilgan, deb yozadi «Verstka» naşri 15 yanvar, duşanba kuni IIV statistikasiga tayanib. Bu 2011 yildan beri rekord körsatkiç bölib, öşanda idora 608 mingta şunday jinoyatni qayd etgandi.

Eng köp oğir va öta oğir jinoyatlar Moskva (50 196), Moskva viloyati (22 212) va Krasnodar ölkasida (21 671) kuzatilgan. Sankt-Peterburg (20 489), Tyumen viloyati (17 581) va Tataristonda (17 126) ham jinoyatçilikning yuqori darajasi qayd etilgan.

Ukraina bilan çegaradoş Belgorod viloyatida oğir va öta oğir jinoyatlar soni rekord darajaga yetdi. Ötgan yili u yerda 5614 ta jinoyat aniqlangan, bu 2022 yilga nisbatan 29 foizga köpdir. Bu statistik kuzatuvlar boşlangan 2010 yildan beri eng yuqori körsatkiçdir. 

Çeçenistonda - 2010 yildan beri eng past jinoyatçilik körsatkiçi

IIV ma’lumotlariga köra, eng kam oğir va öta oğir jinoyatlar 2023 yilda Nenetslar avtonom okrugida (213), Çukotka avtonom okrugida (303) va Çeçenistonda (648) qayd etilgan. Çeçeniston uçun bu kamida 2010 yildan beri eng past körsatkiç bölib, sönggi bir yilda u 3 foizga kamaydi. 

RFning yana önta sub’yektida, şu jumladan Tver, Arxangelsk, Kaluga, Smolensk, Ryazan viloyatlari va boşqa hududlarda oğir jinoyatlarning kamayişi kuzatildi.

Oğir jinoyatlar toifasiga qasddan sodir etilgan jinoyatlar kiradi, ularni sodir etganlik 10 yildan ortiq bölmagan ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi, öta oğir jinoyatlarga 10 yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi belgilanadi. Bular qotilliklar, talonçilik, katta hajmdagi tovlamaçilik, şuningdek, giyohvand moddalar savdosi bilan boğliq jinoyatlardir.