Prezident Şavkat Mirziyoyev 16 yanvar kuni Yevropa Ittifoqining Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Margaritis Sxinas boşçiligidagi delegatsiyasini qabul qildi.
Uçraşuvda YeI bilan köp qirrali şeriklikni yanada kengaytiriş masalalari körib çiqildi. Dolzarb mintaqaviy masalalar, şu jumladan Afğonistonga gumanitar yordam körsatiş masalalari yuzasidan fikr almaşildi. Keyingi yillarda hamkorlik sezilarli darajada faollaşgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Qayd qilinişiça, YeI va Markaziy Osiyo örtasidagi aloqalarni kengaytiriş böyiça qöşma «yöl xaritasi» amalga oşirilmoqda. «Markaziy Osiyo - YeI» birinçi sammitini Özbekistonda taşkil etiş işlari olib borilmoqda.
Yanvar oyi oxirida Bryusselda ikki mintaqaning transport-kommunikatsiyaviy özaro boğliqligini mustahkamlaşga qaratilgan yirik investorlar forumi bölib ötadi. Özbekiston va YeI mamlakatlari örtasidagi savdo jadal ösib bormoqda, ötgan yili uning hajmi 30 foizga oşgan. Yevropaning yetakçi kompaniyalari iştirokida yuqori texnologik tarmoqlarda yirik investitsiya loyihalari amalga oşirilmoqda.












