Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida eksport, investitsiya va mahalliy sanoatda 2024 yilda turgan vazifalar böyiça yiğiliş bölib ötyapti.
Hozirda meva-sabzavot va oziq-ovqat eksporti çegarada 4 ta idora, ya’ni, bojxona, karantin, SES va veterinariya organlari tomonidan nazorat qilinmoqda. Vaholanki, talab etiladigan barça sertifikat va ruxsatnomalar töliq raqamlaşgan, nazoratçi xodimlar hujjatlar bor-yöqligini tekşiradi, xolos.
Şu bois, çegaradagi barça nazorat funksiyalari Bojxona qömitasiga ötkazilişi belgilandi.
Bundan taşqari, ikki yil oldin tovarlarni bojxona rejimida qayta işlaş böyiça yangi tartib joriy qilingan edi. Ötgan davrda 254 ta korxona uşbu tizimda işlaşni boşlagani natijasida 1,1 milliard dollarlik eksport böldi.
Şundan 83 foizi Andijon, Buxoro, Sirdaryo, Toşkent viloyati va Toşkent şahridagi tadbirkorlar hisobiga töğri keladi. Lekin, Qoraqalpoğiston, Jizzax, Surxondaryo va Xorazmda bunday eksport 10 million dollarga ham yetmadi.
Uşbu hududlar rahbarlari bojxona rejimida qayta işlaş hisobidan 500 million dollardan eksportni ta’minlaşi zarurligi ta’kidlandi.












