AQŞ Moliya vazirligi Rossiyaga qarşi sanksiyalar joriy etilgan şaxslar röyxatini kengaytirdi. 18 yanvar kuni Liberiya bayroği ostida suzib yurgan va Rossiya neftini taşuvçi 17 ta dengiz kemasi, şuningdek, Hennesea Holdings (BAA) yuk taşiş kompaniyasi çeklov çoralariga kiritildi.
AQŞ Moliya vazirligining Xorijiy aktivlarni nazorat qiliş boşqarmasi (OFAC) bayonotida aniqlik kiritilişiça, Hennesea Holdings kompaniyasiga tegişli 17 ta tankerga çeklovlar kiritilgan.
Dekabr oyida Qöşma Ştatlar va G7 davlatlari Rossiya nefti narxining yuqori çegarasiga (barreliga 60 dollar) rioya etilişini nazorat qiliş çoralarini kuçaytirgan edi. Sanksiyalarning kuçaytirilişi Rossiyadan xomaşyo taşuvçi yuk taşuvçi kompaniyalarga nisbatan çeklovlar joriy etilişi bilan bir vaqtda yuz berdi.
16 yanvar kuni Hindiston neft vaziri Hardip Singx Puri Rossiya tankerlari sanksiyalar kuçaytirilişi tufayli Hindiston portlariga neft tuşirişda muammolarga duç kelayotganini aytdi. Sanksiyalar, xususan, Hindistonning ONGC, Yaponiyaning SODECO va «Rosneft»ni öz içiga olgan Saxalin-1 loyihasidan Sokol neftini yetkazib berişga ta’sir qilgan. Çeklovlar tufayli önga yaqin tanker hozir Saxalin neftini tuşirişni kutib, dengizda turib qolgan.












