Qayd qilinişiça, Soğliqni saqlaş vazirligi tuzilmasida davlat muassasasi şaklida «Soğliqni saqlaş loyihalari markazi»ni taşkil qiliş taklif etilmoqda. U davlat tibbiy suğurtasi tizimini hamda davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlar va dori vositalari paketini töliq joriy etiş, tibbiy xizmatlar sifati va xavfsizligi ustidan nazorat tizimini kuçaytiriş, kadrlar salohiyatini oşiriş, tibbiy ta’lim tizimi va ilm-fan sohasini xalqaro standartlar asosida rivojlantiriş kabi yönalişlarga mas’ul etib belgilanadi. Şuningdek, bu markaz raqamli texnologiyalarni keng joriy qiliş, davlat-xususiy şeriklik loyihalarini jadallaştiriş, xususiy sektorni kengaytiriş, davlat xaridlari şaffofligini oşiriş, farmatsevtika sohasini isloh qilişga kömaklaşadi. 

Loyiha ofisi faoliyatiga ixtisoslaştirilgan tibbiyot markazlari, oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining tajribali mutaxassislari, şuningdek, xorijiy ekspert va maslahatçilar şartnoma asosida jalb qilinadi. 

Soğliqni saqlaş sohasida belgilangan islohotlar yetuk kadrlar salohiyatini talab etadi. Şu bois bu borada bir qança çora-tadbirlar közda tutilmoqda.

Jumladan, Toşkent tibbiyot akademiyasining ta’lim dasturlari xalqaro akkreditatsiyadan ötkaziladi. Unda jamoat salomatligi, profilaktik tibbiyot, jismoniy faollik ixtisosliklari böyiça magistrlik yönalişlari oçiladi. Tibbiyot yönalişidagi talabalar bilimini xalqaro tan olingan tizim asosida, ikki bosqiçda davlat imtihonlari orqali baholaş yölga qöyiladi. 

Kelgusi öquv yilidan boşlab, hududlardagi ehtiyojdan kelib çiqib, tibbiyot oliygohlarining 200 nafar bitiruvçisi magistratura va klinik ordinatura dasturlari asosida yetakçi xorijiy ta’lim muassasalarida öqitiladi. 

Şuningdek, ixtisoslaştirilgan xirurgiya, kardiologiya, endokrinologiya, dermatovenerologiya va kosmetologiya markazlari, Bolalar milliy tibbiyot markazi hamda Milliy tibbiyot markazi xalqaro akkreditatsiyadan ötkaziladi. 

Joriy yilda amaldagi 40 ta sanitariya qoida va normalari qayta körib çiqilib, xalqaro standartlarga muvofiqlaştiriladi.

Davlat rahbari bu takliflarni ma’qullab, mazkur ustuvor yönalişlarni amalga oşiriş böyiça «yöl xaritasi»ni tasdiqlaş böyiça topşiriq berdi.