Pensiyaga çiqib yaşaş narxi mamlakatdan mamlakatga qarab farq qiladi, ammo moliya - yagona muhim omil emas. Soğliqni saqlaş, hayot sifati, jumladan, toza havo va içimlik suvi, pensiyalar ham qulaylik uçun muhimdir.
Soğliqni saqlaş kategoriyasiga soğliqni saqlaş xarajatlari, umr köriş davomiyligi va aholi jon boşiga suğurtalanmagan soğliqni saqlaş xarajatlari kiradi.
Hayot sifati kategoriyasiga baxt darajasi, suv va sanitariya, havo sifati, atrof-muhit va biologik xilma-xillik kiradi.
Boylik kategoriyasiga aholi jon boşiga daromad, daromad tengligi va bandlik darajasi kiradi.
Pensiya moliyasi kategoriyasiga davlat qarzi, foiz stavkalari, inflatsiya, boşqaruv, soliqlar va bankning muammoli kreditlari kiradi.
Natixis kompaniyasi uşbu mezonlardan foydalangan holda 44 ta davlatni tahlil qildi va ulardan eng yaxşilarini aniqladi.
Tadqiqotning asosiy xulosalariga köra, Norvegiya nafaqaga çiqiş uçun eng yaxşi mamlakat hisoblanadi. Unda örtaça umr köriş 83,3 yoşga yetgan. Bu dunyodagi eng yuqori körsatkiçlardan biridir. Şuningdek, bu davlatda işsizlik darajasi ham juda past — 3,8 foiz.
Pensiyaga çiqiş uçun eng yaxşi davlatlar:
1. Norvegiya (83 ball)
2. Şveytsariya (82)
3. Islandiya (81)
4. Irlandiya (80)
5-6. Lyuksemburg / Niderlandiya (har biri 79)
7. Avstraliya (78)
8. Yangi Zelandiya (77)
9-10. Germaniya / Daniya (har biri 76)
11. Avstriya (75)
12-14. Kanada / Finlyandiya / Şvetsiya (har biri 74)
15-16. Sloveniya / Buyuk Britaniya (har biri 73)
17-19. Isroil/Çexiya/Belgiya (har biri 72)
20. AQŞ (71)
21. Janubiy Koreya (70)
22-23, Malta / Fransiya (har biri 69)
24. Yaponiya (68)
25. Estoniya (67)












