“Geosiyosat” şu kabi savollar bilan siyosiy tahlilçilar Kamoliddin Rabbimov va Farhod Karimovga yuzlandi.
— Hörmuz böğozining strategik ahamiyati va böğozning yopilişi husiyçilarning ittifoqçisi bölmiş Eron uçun ham iqtisodiy yutqaziş bölmaydimi?
Farhod Karimov: — Hörmuz böğozi xalqaro savdo uçun muhim obekt. Energiya resurslari uçun marşrutning asosiy qismi ham şu böğozdan ötadi. Umuman, mintaqa uçun ham, dunyo davlatlari uçun ham katta ahamiyatga ega. BAA, Qatar katta bozor sifatida oçilib boryapti, Xitoy va boşqa yerdan keluvçi tovarlar Hörmuzdan ötadi. Şuning uçun ham bu yerni himoya qiliş uçun katta miqdordagi moliyaviy resurslar sarflanadi. Qatar, BAAda AQŞ, Britaniya, Turkiya harbiy bazalari ham joylaşgan, şu ham bu huquqning naqadar muhim ekanini körsatadi. Şu nuqtai nazardan bu böğoz Qizil dengiz darajasida muhim hisoblanadi.
“Al-Aqso uçburçagi” masalasi ötgan yili noyabr oyida ham kötarilgan edi, öşanda uşbu uçburçakdan ötadigan Ğarb va Isroil kemalarini ötkazmaymiz, degan edi. Dekabr oyida Isroilga hujum qiliş haqida ham gapirgandi husiyçilar. Ammo buning texnik jihatdan imkoni yöq, Saudiya ustidan ötib amalga oşirolmaydi, Saudiya bunga yöl qöymasligini bildirgan ham. Hozir yana şu masalani kötaryapti. Fors körfazi davlatlari manfaatlari bölgan bu hududlarga husiylar hujum qilib, nazorat etişi qiyin masala. Faqatgina Bob al-Mandib böğozida hozirgidek nazorat olib borişi mumkin.
Kamoliddin Rabbimov: — Husiyçilar bayonotlarda Xitoy, Rossiya va Eron kemalariga teginmasliklarini bildirişdi. Tramp husiyçilarni terroristik taşkilot sifatida AQŞ qora röyxatiga kiritgan edi, Bayden hokimiyatga kelgaç, Yamandagi gumanitar holat izdan çiqyapti deb husiylarni bu röyxatdan çiqargan edi. Ammo yaqinda Bayden husiylarni qora röyxatga qayta kiritdi. Husiyçilar bu işdan taşvişga tuşgani yöq, ammo bundan öz maqsadlarida vaj sifatida foydalanmoqçi. AQŞ ekspertlari ham bu iş husiylarni çöçitmaydi, balki yamanliklarni qiynaydi, savdo-iqtisodiy aloqalar uzilib, humanitar yordamlar töxtab qoladi, deyişdi.
Eron husiyçilarga ta’sir qiladi, lekin husiyçilar Eronning qöl ostida emas. Ular Eronning gapini eşitadi, lekin öz bilganini qiladi, degan qaraşlar ham kuçli. Saudiya husiyçilar bilan kelişuvga erişgan. Saudiya kelajakdagi potensial uruşlarni inobatga olib, şarqiy hududlaridagi neftni Qizil dengizga olib çiqiş logistikasini yölga qöygan. Vaziyat çigallaşyapti. Husiyçilar AQŞ, Isroil va ularning ittifoqçilariga qölidagi vositalar bilan zarba bermoqçi, lekin ularning qurol-yaroğ zaxirasi u qadar katta emas, deyiladi.
— Bu Qatar, BAA va Saudiya Arabistonidan Isroilga neft va gaz yetkazib berişni töxtatişga olib keladi. Bu vaziyatda yuqoridagi davlatlar qanday yöl tutadi?
Farhod Karimov: — Fors körfazi arab davlatlari asosiy neft-gaz eksportini Isroilga qilmaydi, uning asosiy hamkori Ozarboyjon bu borada. Şuning uçun ham neft-gaz tankerlari köp muammolarga duç kelmaydi. Bu böğoz orqali ötuvçi neft-gazning asosiy importyori Xitoy hisoblanadi, Xitoy esa bosim qilib bölsa ham, husiyçilarga ta’sir ötkazib, xavfsizligini ta’minlaydi, çunki Xitoy sanoati energiya resurslariga boğliq. Şuning uçun ham bu borada Fors körfazi arab davlatlari taşvişga tuşmayapti. Yana bir tomoni borki, ularda quruqlik yöli loyihalari bor suv yöllariga alternativ sifatida, agar bosim bölsa ham, öşa yöllarni işga tuşirişi mumkin. Umuman, eksport-importni çeklab qöyadigan jiddiy xavf yöq hali.
— Suvayş kanali manfaati uçun Misr qanday çora köradi?
Kamoliddin Rabbimov: — Bugun dunyo davlatlarida şunday tafakkur bor: partizanlik yoki guruhlar bilan uruş qiliş katta xarajat talab qiladi, geosiyosiy, siyosiy talafotlarga sabab böladi. Husiyçilarni yoqtirmaydigan arab davlatlari köp. Masalan, Saudiya 7 yil husiyçilar bilan uruşdi, ammo kelişişga majbur böldi.
Husiylarning bu harakatlari Misrning şundoq ham tang iqtisodiyotiga zarba beradi. Bob al-Mandib böğozining yopilişi Suvayş kanaliga kelayotgan kemalar salmoğiga ham katta ta’sir qiladi. Misr haftasiga yuz millionlab pul yöqotyapti. Ammo husiylarga nisbatan harbiy harakatlar bölmaydi.
Saudiya ham husiylarning 7 oktyabrdan keyingi harakatlarini xavotir bilan kuzatyapti. Eron ham, Saudiya ham mintaqada yana bir uruş bölişini istamaydi. Çunki bosqiçma-bosqiç bu davlatlarni ham tortib ketişi mumkin. Har bir davlatning ijtimoiy, siyosiy muammolari bor. Saudiya va Eronda legitimlik pastligi muammosi bor. Şu fonda qandaydir beqarorlik paydo bölsa, keyingi oqibatlar qanday bölişini heç kim modellaştira olmaydi. Saudiyaning aniq pozitsiyasi – uruş bölmasligiga yöl qöymaslik.
— Voqealar şunday şakllanib borsa, husiylar boşiga HAMASning kuni kelişi mumkinmi?
Farhod Karimov: — Qizil dengizda koalitsiya tuzilganda Yevropadan Italiya va Ispaniya çiqib ketgandi. Ammo bugun bu narsa yana kun tartibiga qöyilyapti, çunki asosiy yuk taşuvçi kompaniyalar Yevropaniki hisoblanadi va hozirgi vaziyatdan zarar körişyapti. Yevropada fuqarolik institutlaridan taşqari moliyaviy institutlarning ham ta’siri katta, yuk taşuvçi kompaniyalar ham bu ta’sirdan foydalanadi. Şu nuqtai nazardan Yevropa öşa yerdagi yuk taşuvçi kemalar xavfsizligini ta’minlaş masalasini qöyyapti, lekin bu husiylarga uruş oçiş emas. Yevropa ham yana bir front oçilişini istamaydi, faqat xavfsizlik muammosi qöyilyapti.
Afsuski, Ğazo muammosi qaysidir siyosiy kuçlar uçun öz maqsadini amalga oşirişga bahona bölib qoldi. Masalan, husiylar ham töliq Yamanni nazorat qilmaydi, şu ma’noda içki legitimligini oşiriş uçun Ğazoga yordam beramiz, deyapti. Ğazo siyosiy vositaga aylanib qolyapti, heç kim tinçlik uçun harakat qilmayapti. Vaholanki, husiylarning ta’siri yuqori bölmayapti falastinliklarga.
Kamoliddin Rabbimov: — “HAMASning kuni” degan tuşunçaga töxtaliş kerak birinçi. HAMAS uzoq muddat uruşga tayyorlangan, aholi örtasida yaşirinib, partizanlik uruşi olib boryapti. Uning yöq qilingani yoki katta talafot körgani haqida aniq ma’lumotlar ham yöq, rahbarlarining örni tölyapti, Ğazo aholisi orqali özini töldiradi. Husiylarning ham ijtimoiy bazasi bor, Yaman aholisining yarmidan köpi ularni qöllaydi.
Yuqorida Farhod Karimov aytgandek, Yevropa husiylarga qarşi yangi uruş kompaniyasi boşlaş ehtimoli kam. Dunyoda yangi geosiyosiy tafakkur şakllandi: AQŞ öz içki muammolari bilan band, saylovlar yili, izolyatsionizmga moyillik oşyapti, kollektiv Ğarb taşqi dunyodagi işlardan çarçagan, şunday vaziyatda ularni çarçatsak, AQŞ öz uyiga qaytadi, degan tafakkur bor.
“Tolibon” misolida kördikki, 20 yillik uruşda yöqolmadi ular. 1996-2001-yillarda mamlakatning uçdan bir qismini nazorat qilgan “Tolibon” bugun butun davlatni nazoratiga oldi. Husiyçilar bilan kuraş natijasi ham şunday bölişini biladi AQŞ. AQŞ uruş boşlaş kayfiyatida ham emas, agar şunday bölganda u axborot orqali jamoatçilik fikrini şakllantirib boşlardi. Hozir bunday harakat yöq. Masalan, Iroqdagi uruş oldida AQŞ 2 yil şunday qilgan edi. Afğonistonga kiriş tezroq böldi, çunki 11 sentabr voqealaridan keyin nimadir qiliş kerak edi. Bugun kundagi husiylarni terroristik röyxatga qaytariş, harbiy operatsiya ötkaziş ham şunçaki “nimadir qiliş” uçun bölyapti, deyapti ekspertlar.
NormuhammadAli Abdurahmonov suhbatlaşdi.










