Saudiya Arabistoni va Yamandagi Eron qöllab-quvvatlaydigan husiylar örtasidagi uruş tobora keskinlaşmoqda. 8-noyabr kuni tongda husiylar Ar-Riyodda hujum qildi.

Saudiya boşçiligidagi koalitsiya maʼlumotiga köra, Ar-Riyod tomon uçirilgan ikki ballistik raketa havoda urib tuşirilgan. Keyinroq poytaxt va qirollik janubida yana ikki qanotli raketa yöq qilingan. Neft va gaz zaxiralarining asosiy qismi joylaşgan Şarqiy viloyatda ham bitta raketa urib tuşirilgan.

Saudiya Energetika vazirligi Saudi Aramco kompaniyasining Ar-Riyoddagi maʼmuriy binosi «hujumga uriniş» natijasida tuşgan qoldiqlardan şikastlanganini maʼlum qildi. Vazirlikka köra, zarar çeklangan, qurbonlar va jarohatlanganlar yöq. Reuters muxbiri Qirol Abdulloh nomidagi moliya tumanidagi eng baland binolardan biri - Aramco minorasining bir neça qavatida oynalar sinib tuşganini körgan.

Foto: BBC Verify x.com/Naya orqali

Saudiya Energetika vazirligi binoga yetgan zarar çeklanganini aytgan bölsa-da, BBC Verify haqiqiyligini tasdiqlagan kadrlar şikast ança jiddiyroq ekanini körsatmoqda. Videoda kamida bir qavat raketa yoki dron zarbasidan qattiq şikastlangani, bir neça qavatdagi oynalar esa sinib ketgani körinadi.

Vazirlik hujumni kim uyuştirganini aytmadi, biroq husiylar uni öz zimmasiga oldi. Guruhning harbiy vakili Yahyo Sari şu kungi hujumlarda Qirol Xolid nomidagi xalqaro aeroport ham nişonga olinganini aytdi, ammo Saudiya rasmiylari buni tasdiqlamadi. Koalitsiya esa Yamanning Saʼda va Sano hududlarida husiylar hujumda foydalangan ballistik raketa uçiriş moslamalari yöq qilinganini