Pekin şahridagi tadbirlar dasturi yakunlangaç, Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Şençjen şahriga keldi.
Aeroportda oliy martabali mehmonni Guandun muzofotining rasmiy şaxslari kutib oldi.


Bugun, 25 yanvar kuni davlat rahbari Özbekiston-Xitoy investitsiya forumida iştirok etadi, XXR yetakçi kompaniyalari va moliyaviy tuzilmalari rahbarlari bilan uçraşuvlar ötkazadi.
Şençjen – Xitoyning aholi soni böyiça uçinçi şahri hamda Guandun muzofotidagi maxsus iqtisodiy hududdir. Texnologiyalar, tadqiqotlar, işlab çiqariş, biznes va iqtisodiyot, turizm va transport borasida global markazlardan biri, konteynerli yuklar bilan işlaş quvvati böyiça dunyodagi törtinçi dengiz portidir.















