26 yanvar, juma kuni keçqurun Rossiya tergov qömitasi özining Telegram-kanalida harbiy aerodromdagi kuzatuv kamerasidan olingan video parçasini e’lon qildi. Rossiya tomoni ta’kidlaşiça, videotasvirda ukrainalik harbiy asirlarning keyinçalik 24 yanvar kuni Belgorod viloyatida halokatga uçragan Il-76 transport samolyotiga ötirgani körsatilgan.
Videoyozuv sifati pastligi sababli, bularning barçasi aynan qaçon va qayerda suratga olinganini aniqlaşning imkoni bölmaganidek, unda aynan nima sodir bölayotganini tuşunişning ham deyarli imkoni yöq. Taxminlarga köra, yozuv harbiy aerodromdagi kuzatuv kamerasi orqali olingan. Rossiya mudofaa vazirligi ma’lumotlariga köra, samolyot Moskva şimoli-şarqidagi Çkalov aerodromidan uçayotgan bölgan.
Bir daqiqadan sal köproq davom etadigan video ikki qismdan iborat. Video birinçi qismida qorli yöl böylab samolyotga yaqinlaşib kelayotgan avtomobillar karvonini köriş mumkin. Ikkinçi qismda samolyotning yaqindan körinişi körsatilgan, uning yonida odamlar va maşinalar harakati kuzatiladi. Videoda sodir bölgan hamma narsa RF tergov qömitasining bayonoti bilan boğliq ekanini aniqlaş imkoni yöq.
Tanib oliş mumkin bölgan yagona narsa - signalizatsiya örnatilgan maşina, undan keyin oltita avtozak kelgan. Videoda suratga oliş sanasi va vaqtini körsatuvçi titrlar yöq. Tergov qömitasi matbuot xizmati xabar e’lon qilingan paytda qöşimça ma’lumot taqdim etmagan.
Putin Ukrainani samolyotni urib tuşirganlikda aybladi
26 yanvar kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti ilk bor Il-76 halokatiga izoh berdi. Uning da’vo qilişiça, samolyot Ukraina harbiylari tomonidan xorijda işlab çiqarilgan havo hujumidan mudofaa tizimi yordamida urilgan. «Buni samolyotlari parçalari elementlaridan köriş mumkin. Bizning havo hujumidan mudofaa tizimimiz öz samolyotiga zarba bera olmaydi. U yerda «döst-duşman» tizimi örnatilgan va operator tugmani qançalik bosmasin, bizning havo hujumidan mudofaa tizimimiz işlamaydi», dedi Putin Ukrainaga qarşi uruşda qatnaşayotgan talabalar bilan uçraşuvda.
«Ehtimol, bular Patriot Amerika tizimi yoki Yevropaniki, katta ehtimol bilan fransuzlarniki. Lekin bir neça kundan keyin aniq javob beriladi», - deya qöşimça qildi Putin. Unga köra, Ukraina mudofaa vazirligining boş razvedka boşqarmasi Rossiya Federatsiyasi harbiy asirlarni olib ketayotganini bilgan.
Jurnalistlar tanib oliş tizimi işini tahlil qildi
«Meduza» naşrining «Tahlil» bölimi şarhiga köra, elektron tanib oliş tizimining işlaş mantiği Putin ta’riflaganidan farq qiladi. Jurnalistlar ta’kidlaşiça, u faqat havo hujumidan mudofaa operatorlari uçun jangovar vaziyatda nişonni aniqlaşda yordamçi bölib, öz samolyotlarini «döstona öq» deb atalgan holda yöq qiliş holatini kamaytiriş uçun möljallangan hamda bunday tizimlar işi - «har doim duşman nişonlarini aniqlaş, yöq qiliş samaradorligi va öz samolyotlari xavfsizligi örtasidagi murosaga erişişdir».
«Nazariy jihatdan tanib oliş tizimi «keraksiz» signallarni uzib qöyişi kerak, biroq jangovar vaziyatda, operatsiya hududida nişonlar köp bölib, radioşovqinlar ham mavjud bölsa, tanlov qiyin bölişi mumkin», deb ta’kidlaydi «Meduza». Bundan taşqari, naşr yozişiça, Rossiya armiyasi bugungi kunda 1970-yillarda işlab çiqilgan juda eskirgan «Parol» tanib oliş tizimidan foydalanmoqda. Yangi tizimni sinovdan ötkaziş uruş boşlanişi bilan yakunlangani haqida heç qanday dalil yöq.
Ukraina dastlabki xulosalar çiqarişdan tiyilişni söramoqda
Ukraina milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi (MXMK) kotibi Aleksey Danilov Il-76 qulaşi sabablari haqida erta xulosa çiqarişdan ogohlantirib, barça holatlar aniqlanişini kutişga çaqirdi. Bu haqda u 26 yanvar kuni Ukraina radiosiga ma’lum qildi.
«Yakuniy xulosani kutamiz. Vaziyat Ukraina oliy harbiy-siyosiy rahbariyati nazoratida. Biz nima bölayotganini va qayerda bölayotganini tuşunamiz. Köp vaqt qolmadi. U yerda nima bölganini aniqlagunimizça kutiş kerak», - dedi u. Milliy xavfsizlik kengaşi kotibi Rossiya Federatsiyasi hozirda «boşqa barça harakatlaridan keyin» özini aybsiz deb körsatişga harakat qilmoqda, degan taxminni bildirdi.
Rossiya taşabbusi bilan ötkazilgan BMT xavfsizlik kengaşining avvalgi yiğilişida tomonlar Il-76 samolyoti qulaşi bilan boğliq yaqinda yuz bergan fojia böyiça heç qanday qaror qabul qilmasdan, özaro ayblovlar almaşgan edi.
Belgorod viloyatida Il-76 bilan sodir bölgan fojia tafsilotlari
Il-76 harbiy-transport samolyoti 24 yanvar kuni Belgorod viloyatining Koroçansk tumanida Yablonovo qişloği yaqinidagi dalaga qulab tuşdi. Viloyat gubernatori Vyaçeslav Gladkovning sözlariga köra, bortdagi barça odamlar halok bölgan. Telegram’dagi «Vajnyye istorii» va «ÇTD» kanallari Rossiya mudofaa vazirligiga tayanib, Il-76 bortida almaşiş uçun olib ketilayotgan 65 nafar ukrainalik asir, şuningdek, 6 nafar ekipaj a’zosi va 3 nafar hamrohlik qiluvçi şaxs bölganini ma’lum qildi. Rossiya mudofaa vazirligi halokatni «terror hujumi» deb atadi va buning uçun Kiyevni aybladi.
Ukraina hukumati xalqaro mustaqil ekspertlar tomonidan Belgorod viloyatida Il-76 samolyoti qulagan joyni tekşirişni talab qilmoqda. 25 yanvarda Ukraina Mudofaa vazirligi razvedka boşqarmasi vakili Andrey Yusovning aytişiça, idora ma’lumotlariga köra, Belgoroddagi ölikxonaga bor-yöği beş jasad yetkazilgan, bu esa samolyot ekipajidagi xodimlar soniga töğri keladi.
Ayni vaqtda, Ukraina xavfsizlik xizmati (SBU) Il-76 samolyotining Belgorod viloyatida qulaşi holati yuzasidan tekşiruv boşladi. Uruş qonunlarini buziş moddasi böyiça jinoiy iş oçildi, deb yozadi «RBK-Ukraina» va «Ukrainskaya pravda» maxsus xizmatga tayanib. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy avvalroq Kiyev Il-76 halokati böyiça xalqaro tergov ötkazilişini talab qilişini aytgan edi.












