2024 yilgi davlat dasturi loyihasi jamoatçilik muhokamaga qöyildi.
Loyihada ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qöllab-quvvatlaş tizimi böyiça quyidagi özgarişlar közda tutilgan:
- 2024 yil 1 sentabrdan boşlab, pensiya tayinlaşda bir vaqtning özida sanatoriyga navbatga qöyiş va şaxsiy jamğarib boriladigan pensiya hisobvarağidagi pulni oliş bilan boğliq harakatlarni proaktiv tarzda amalga oşiriş tartibi joriy etiladi;
- 2024 yil 1 sentabrdan boşlab, nogironlikni tayinlaşda sanatoriyga navbatga qöyiş va nogironligi bölgan şaxslarga beriladigan imtiyozlar töğrisida xabardor qiliş tartibi joriy etiladi;
- 2024 yil 1 iyundan boşlab, yolğiz yaşayotgan hamda yolğiz keksalar va nogironligi bölgan şaxslarga Toşkent şahrida eksperiment tariqasida tegişli yönalişdagi nodavlat taşkilotlar orqali Ijtimoiy himoya milliy agentligi mablağlari hisobidan ijtimoiy xizmatlar körsatiş amaliyoti yölga qöyiladi;
- yil davomida nogironligi bölgan şaxslarni zamonaviy protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qiliş texnik vositalari bilan ta’minlaşning yangi tizimi bosqiçma bosqiç joriy qilinadi.
Bu vazifalar ijrosi uçun Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligini mas’ul qilib belgilaş taklif etilgan.
Davlat dasturi loyihasi böyiça jamoatçilik muhokamasi 14 fevralgaça davom etadi.
Eslatib ötamiz, ötgan yili imzolangan prezident qaroriga asosan, 2025 yil 1 martdan e’tiboran, yoşga doir pensiyalarni pensiya yoşiga tölişi munosabati bilan avtomatik tarzda tayinlaş tartibi yölga qöyilişi kerak.












