Prezident Şavkat Mirziyoyev 1 fevral kuni metallurgiya korxonalarini rivojlantiriş çora-tadbirlari böyiça taqdimot bilan tanişdi.
Qayd qilinişiça, Navoiy kon-metallurgiya kombinati, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, Özbekiston metallurgiya kombinati hamda «Navoiyuran» davlat korxonasi mamlakatimiz iqtisodiyotida katta örin tutadi. Sönggi yillarda bu törtta korxonaga 7 milliard 400 million dollar investitsiya kiritildi. Buning natijasida oltin işlab çiqariş hajmi 23 foiz, mis 41 foiz, kumuş 60 foizga oşdi. Navoiy kombinatida yangi konlar özlaştirilib, 3 ta zavod işga tuşirildi. «Özmetkombinat» va «Navoiyuran»da ham işlab çiqariş köpaydi.
6 yilda uşbu korxonalarning jami sanoatdagi uluşi 10 foizdan 17 foizga, budjet tuşumlarida esa 11 foizdan 25 foizga oşgan.
Taqdimotda mutasaddilar işlab çiqarişni yanada köpaytiriş va investitsiyalar jalb etiş böyiça rejalarini bayon qildi.
Davlat rahbari xorijiy ekspertlarni jalb etib, kombinatlarni raqamli transformatsiya qiliş, bunda «yaşil» texnologiyalarga alohida e’tibor qaratiş zarurligini ta’kidladi. Investitsiyalarni özlaştiriş va yangi loyihalarni jadallaştiriş böyiça aniq körsatmalar berildi.
Işlab çiqarişda operatsion xarajatlar va energiya sarfini maqbullaştirib, tannarxni qisqartiriş vazifalari qöyildi. Şuningdek, kombinatlarda mehnat unumdorligini oşiriş, rahbar va mutaxassislar faoliyatiga samaradorlik körsatkiçlarini (KPI) joriy qiliş muhimligi qayd etildi.












