Özbek sömi sönggi ön yil içida AQŞ dollariga nisbatan eng qadrsizlangan milliy valutalar röyxatida 8-örinni egalladi. Reyting Creative Planning kapital boşqaruv kompaniyasi tomonidan tuzilgan.
Qayd qilinişiça, sönggi 10 yil içida özbek sömi dollarga nisbatan 82,3 foizga zaiflaşgan, bu possovet mamlakatlari valutalari orasida eng yomon körsatkiç hisoblanadi. Şuningdek, Ukraina grivnasi 77,5 foizga, qozoq tengesi 65,4 foizga, Rossiya rubli 61,3 foizga, tojik somoniysi 56,3 foizga, qirğiz sömi 43,3 foizga arzonlaşgan.

Markaziy Osiyodagi eng barqaror valuta turkman manati böldi, u atigi 18,4 foizga arzonladi.
Arman drami va Şveytsariya franki sönggi ön yil davomida dollarga nisbatan narxi kötarilgan yagona ikkita valutadir - mos ravişda +1,1 foiz va 3,1 foiz.
Eng qadrsizlangan valuta Venesuela bolivari bölib, uning ön yil içida pasayişi deyarli 100 foizni taşkil etdi. Şuningdek, eng köp zaiflaşgan valutalar qatoridan Suriya funti (-99,1 foiz), Argentina pesosi (-99,1 foiz), turk lirasi (-92,3 foiz) va Surinam dollari (-91,2 foiz) ham joy olgan.












