Özbekistonning oltin-valyuta zaxiralari avgust oyida qariyb 7,8 mlrd dollarga köpayib, 1-sentabr holatiga 72,1 mlrd dollarni taşkil etdi. Bu haqda Markaziy bank taqdim etgan hisobotda keltirib ötilgan.

Ötgan oy davomida zaxiralarning valyuta qismi 1 mlrd dollarga qisqargan bölsa, oltin qismining qiymati 8,8 mlrd dollarga köpayib, 64,9 mlrd dollarga yetdi. Öz navbatida zaxiralar tarkibida oltinning fizik hajmi 13,8 mln troya unsiyadan 14,1 mln troya unsiyaga köpaygan.
Regulyator investitsiya kiritgan qimmatli qoğozlar portfeli deyarli özgarmagan - 1,7 mlrd dollar.

«Özbekiston Respublikasining yalpi xalqaro zaxiralari hajmi 2026-yil avgust oyida 7,8 mlrd dollarga oşdi. Xususan, oy davomida oltin narxining 4052,2 dollardan 4602 dollargaça ösişining taʼsiri 7,8 mlrd dollarni taşkil etdi», deyiladi MB izohida.

Avgustda oltin nega qimmatlaşdi?

Avgust boşida oltinning bir troya unsiyasi 4000 dollar atrofida sotilgan bölsa, oyning birinçi yarmida kotirovkalar jadal ösa boşladi. Qimmatbaho metall narxi eng yuqori çöqqiga çiqib, bir unsiya uçun qariyb 4700 dollargaça qimmatlaşdi. Oy oxiriga kelib bozorda korreksiya yuz berdi va narx bir unsiya uçun 4438 dollar atrofida şakllandi. Ötgan oy davomida narxlarning oşişiga quyidagi omillar taʼsir qilgan bölişi mumkin.

Iyul oyi oxirida AQŞ va Yaponiya hukumati iyenani qöllab-quvvatlaş va uning qadrsizlanişini töxtatiş maqsadida birgalikda valyuta intervensiyasini amalga oşirdi. Avgust oyiga kelib bu harakatlar öz natijasini berdi: iyena keskin mustahkamlandi,  AQŞ dollari esa zaiflaşdi. Dollar indeksining pasayişi dollarda baholanuvçi oltinga bölgan global talabni rağbatlantirdi.

Bozordagi eng katta burilişlardan biri 19-avgust kuni yuz berdi. AQŞ Moliya vaziri Skott Bessent uzoq muddatli davlat obligatsiyalarini qayta sotib oliş hajmini ikki barobar oşirişni eʼlon qildi. Hukumatning bozorga qöşimça mablağ kiritib, daromadlilikni sunʼiy uşlab turişga urinişi investorlar tomonidan «dollarning qadrsizlanişiga yöl oçiş» sifatida baholandi. Aynan uşbu eʼlondan söng, oltin narxi keskin yuqoriga sakradi.