2026-yil 15-sentabrdan boşlab içki valyuta bozorida valyuta almaşuv kursini şakllantiriş va eʼlon qiliş amaliyoti takomillaştiriladi, deya maʼlum qildi Özbekiston Markaziy banki.
Endilikda Markaziy bankning rasmiy valyuta almaşuv kurslari faqat valyuta birjasidagi bitimlar asosida emas, balki banklararo birjadan taşqari bozorda tuzilgan bitimlarni ham inobatga olgan holda hisoblanadi.
Xususan, rasmiy kurs birja va birjadan taşqari tuzilgan bitimlarning örtaça tortilgan kursi asosida şakllantiriladi. Bu esa rasmiy almaşuv kursini hisoblaşda içki valyuta bozoridagi bitimlarni kengroq qamrab oliş va bozor holatini yanada aniq aks ettiriş imkonini beradi.
Şuningdek, dam oliş kunlari, şu jumladan şanba va yakşanba kunlari uçun oxirgi iş kuni böyiça rasmiy eʼlon qilingan kurslardan foydalaniş amaliyotiga ötiladi.
Maʼlumot uçun, amalda juma kungi savdolar yakunida eʼlon qilinadigan rasmiy kurslar duşanba kunidan boşlab amal qiladi, juma-şanba-yakşanba kunlari esa payşanba kuni eʼlon qilingan kurs amalda böladi.
Eslatib ötamiz, Markaziy bankning rasmiy valyuta kursi – buxgalteriya hisobi, statistik va boşqa hisobotlar, bojxona tölovlari va boşqa majburiy tölovlarni hisoblaşda qöllaniladi. Xorijiy valyutaning sotiş va sotib oliş kurslarini tijorat banklari bozor mexanizmlari asosida mustaqil belgilaydi.








