Şavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukaşenko Ilhom Aliyevni Ozarboyjon prezidenti saylovi muvaffaqiyatli ötkazilgani bilan tabrikladi.

Özbekiston prezidentining matbuot xizmati xabariga köra, Şavkat Mirziyoyev saylovçilar iştiroki va faolligi yuqori darajada bölganini qayd etib, qardoş ozarbayjon xalqi davlat kelajagi, kuçli va gullab-yaşnagan Ozarboyjon uçun ovoz berib, töğri qaror qabul qilganiga işonç bildirgan.

“Suhbatda Özbekiston-Ozarboyjon strategik şeriklik munosabatlarini yanada rivojlantirişning dolzarb masalalari körib çiqildi. Oliy darajada erişilgan kelişuvlarni töliq amalga oşirişga alohida e’tibor qaratildi.

Savdo-iqtisodiy hamkorlik ijobiy sur’atda rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Ötgan yil yakunlariga köra tovar ayirboşlaş 30 foizga oşdi. Qöşma Investitsiya kompaniyasi öz işini boşladi, avtomobilsozlik, elektrotexnika, töqimaçilik, qişloq xöjaligi, turizm va boşqa tarmoqlardagi kooperatsiya loyihalari faol amalga oşirilmoqda.

Xalqaro tuzilmalar, şu jumladan Turkiy davlatlar taşkiloti doirasidagi hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almaşildi. Bölajak tadbirlar rejasi körib çiqildi”, – deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Öz navbatida, Lukaşenko uning mamlakati Ozarboyjon uçun işonçli döst ekani, ikki mamlakat adolatli va teng huquqli davlatlararo munosabatlarni quriş, xavfsizlikni mustahkamlaş, muloqot va işonç borasida bir xil yondaşuvlarga ega ekanini ta’kidlagan.

Foto: Özbekiston prezidentining matbuot xizmati

Ozarboyjon prezidentligiga muddatidan ilgari saylov 7 fevral kuni bölib ötdi. Mamlakat Markaziy saylov komissiyasiga köra, Ilhom Aliyev 92,05 foiz ovoz bilan yetakçilik qilmoqda.

62 yoşli siyosatçi – 1993–2003 yillarda Ozarboyjon prezidenti bölgan Haydar Aliyevning öğli. U 2003 yildan buyon mamlakatni boşqarib kelmoqda. Keçagi saylovda Ozarboyjon tomonidan öz nazoratiga qaytarilgan Qoraboğda ham saylov uçastkalari iş olib bordi.