Joriy yilning 19-20 fevral kunlari Özbekiston Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi spikeri Nuriddin Ismoilov boşçiligidagi parlament delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasida böladi.
Taşrif dasturiga muvofiq, Özbekiston parlamenti delegatsiyasining Rossiya Davlat dumasi raisi Vyaçeslav Volodin hamda Rossiya Federatsiyasi Federal majlisi Federatsiya kengaşi raisi Valentina Matviyenko bilan uçraşuvlari rejalaştirilgan.
Bölajak uçraşuvlarda parlamentlararo aloqalarni kengaytiriş va mustahkamlaş, bu yönalişdagi hamkorlikni kuçaytiriş masalalariga e’tibor qaratiladi.
Şuningdek, Özbekiston Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining Rossiya Federatsiyasi Federal majlisining Davlat dumasi bilan hamkorlik böyiça parlamentlararo komissiyasining birinçi majlisi bölib ötişi nazarda tutilgan.
Mazkur taşrif Rossiya parlamenti delegatsiya a’zolarining Oliy Majlis Qonunçilik palatasi (2022 yil, noyabr)da bölib ötgan uçraşuvi davomida rejalaştirib olingan.












