Konferensiya yakunlariga köra kelişilgan çora-tadbirlar qatorida köçib yuruvçilarning 14 ta turini, jumladan, Yevrosiyo silovsini, manul muşugi kabi hayvonlarni Konvensiyaga kiritiş ham bor. Konvensiyaga a’zo 133 davlat vakillari 100 dan ortiq turli mavzularda Samarqand rezolyutsiyasi, qöşma qarorlar va muvofiqlaştirilgan harakatlarni qabul qildi.

Özbekiston raisligida bir hafta davom etgan yiğilişning yakuniy majlisida Aziz Abduhakimov konferensiya iştirokçilariga yovvoyi tabiatni asraş va barqaror rivojlantiriş yöllarini özgartirişga kömaklaşayotgani uçun minnatdorlik bildirdi:
«COP14 köplab tomonlarning köçib yuruvçi turlar va ularning yaşaş joylarini saqlaş hamda barqaror boşqariş böyiça aniq rejalar işlab çiqiş hamda çora-tadbirlar köriş borasidagi intiliş va majburiyatlarini namoyiş etdi. Özbekiston anjumanning asosiy natijalaridan mamnun, çunki ular mamlakat hukumatining ustuvor yönalişlari va maqsadlariga mos keladi. Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev konferensiya oçilişidagi nutqida ta’kidlaganidek, mamlakatimizda nafaqat köçib yuruvçi turlarni muhofaza qiliş, balki tabiiy ekotizimlarni tiklaş borasida ham salmoqli işlar amalga oşirilmoqda», — dedi Abduhakimov.
Vazir, şuningdek, Özbekistonda bir paytlar Ustyurt platosida yaşagan Osiyo gepardlari kabi yöqolib ketgan turlarni qayta tiklaşga e’tibor qaratilişini aytdi.

«Yaşaş joylarini yöqotiş, ifloslaniş, iqlim özgarişi va inson hamda yovvoyi tabiat töqnaşuvi kabi tahdidlarga qarşi kuraşiş bir xil darajada muhimdir. Qisqa vaqt içida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning qamrovini 14 foizga yetkazişga erişdik, keyingi beş yilda esa 20 foizga yetkazişni rejalaştirganmiz. Bir qança obektlar UNESCOning biosfera rezervatlari tarmoğiga kiritilgan va joriy yiğilişda Özbekistonning beşinçi obekti — Jiltirbas köli Ramsar konvensiyasining suvli-botqoqli yerlar röyxatidan joy oldi», — dedi vazir.
Ta’kidlaş joizki, yigirma yillik samarasiz muzokaralardan söng konferensiyada 30 ta köçmançi quşlar yaşaydigan hududlarni qamrab oluvçi Markaziy Osiyo parvoz yöli böyiça kelişuvga erişildi. Qabul qilingan taşabbus Hindistonda muvofiqlaştiriş bölimi taşkil etişni öz içiga oladi.
Aziz Abduhakimov umumiy tabiiy merosni asrab-avaylaşda mintaqaviy sa’y-harakatlar muhimligini ta’kidladi.
«Markaziy Osiyo davlatlari bilan mintaqaviy hamkorlik va yaqin şeriklik bizning asosiy ustuvor yönalişlarimizdan biridir. Biz umumiy tarix, madaniyat, ekologik va iqlimiy xususiyatlar hamda köçib yuruvçi turlarga egamiz. Şu bois Qirğiziston va Qozoğiston bilan qor qoplonlarini asrab-avaylaş borasidagi sa’y-harakatlarimizni ilgari suriş böyiça kelişuvga erişganimiz, Afrika va Yevrosiyoda köçmançi yirtqiç quşlarni asraş böyiça hamkorlik memorandumini imzolaganimiz mintaqaviy şeriklikka qat’iy intilayotganimizdan dalolatdir. Bundan taşqari, biz Tojikiston Respublikasi bilan Zarafşon daryosi böylab transçegaraviy qöriqlanadigan hudud yaratiş ustida işlayapmiz», — dedi Abduhakimov.
Xulosa qilib aytganda, vazir iqlim özgarişi masalasi hukumat uçun strategik ustuvor vazifa ekanini ta’kidladi.

«Prezident huzurida Iqlim kengaşi va Milliy iqlim markazi taşkil etildi hamda iqlim özgarişiga moslaşiş va uning oqibatlarini yumşatiş böyiça idoralararo hamkorlikni kengaytiriş, iqlim böyiça oqilona va ilmiy asoslangan siyosatni işlab çiqiş va amalga oşiriş vazifasi yuklandi», — dedi vazir.
Samarqandda bölib ötgan global konferensiyada COP14ning asosiy natijalari quyidagilardan iborat:
· iqlim özgarişini hal qilişni kuçaytiriş va köçib yuruvçi yovvoyi tabiat böyiça iqlim özgarişi hisobotini tasdiqlaş;
· köçib yuruvçi turlarni noqonuniy ovlaşga qarşi kuraşiş böyiça çora-tadbirlarni kuçaytiriş;
· ekologik boğliqlikni rivojlantiriş böyiça harakatlar töğrisidagi bitim;
· yoruğlik ifloslanişining köçib yuruvçi turlarga ta’siri böyiça yangi global körsatmalar;
· çiziqli infratuzilmani rivojlantiriş va ta’sirni baholaş masalalarini hal qiliş böyiça tavsiyalar;
· «Haşarotlarning kamayişi va uning köçib yuruvçi göştxör populyatsiyalarga tahdidlari» nomli yangi ilmiy hisobotni ma’qullaş va CMS Ilmiy kengaşini yangi tavsiyalar işlab çiqişga çaqiriş;
· yovvoyi tabiatning salomatligi töğrisida yangi qaror qabul qilinişi, Konvensiya iştirokçilarini «Köçib yuruvçi turlar va salomatlik: yovvoyi tabiatning köçişi va kasalliklari dinamikasi hamda köçib yuruvçi turlarning soğliğini yagona salomatlik kontekstida körib çiqiş» ilmiy ma’ruzasi tavsiyalarini amalga oşirişga çaqiriş;
· 2024–2032-yillarga möljallangan köçib yuruvçi turlar böyiça yangi, ilmiy asoslangan Samarqand strategik rejasi.
Bundan taşqari, CMS flagman hisobotining ba’zi asosiy tavsiyalariga zudlik bilan javob sifatida COP14 maxsus tadbiri davomida «Dunyodagi köçib yuruvçi turlarining holati» Atrof-muhit bilan boğliqlik böyiça yangi global hamkorlik (GPEC) işga tuşirildi. Şuningdek, CMS COP14 köçib yuruvçi turlar böyiça çempionlar dasturini tantanali ravişda ötkazdi va töqqizta çempionni sa’y-harakatlari va global miqyosdagi sadoqatlari uçun taqdirladi. Özbekiston atrof-muhitni muhofaza qilişga qöşgan hissasi uçun alohida e’tirof etildi.

Ta’kidlaş joizki, Samarqanddagi yiğiliş köplab köçib yuruvçi turlar, jumladan, sayğoq, qor qoplonlari va köçmançi quşlarning köplab turlari uçun yaşaş muhitini ta’minlovçi Markaziy Osiyoda ötkazilgan birinçi global ekologik tadbirga aylandi. Unda 130 mamlakatdan 2000 ga yaqin iştirokçilar, şu jumladan, 92 ta CMS partiyasi, 16 ta BMT agentligi va turli xil ekologik taşkilotlardan 240 dan ortiq iştirokçilar qatnaşdi. Bundan taşqari, Konferensiya davrida 110 ta mamlakatda 40 xil tilda 2000 dan ortiq xabarlar orqali 6,5 milliardga yaqin odamga murojaat qilindi.
COP14 yakunida Özbekiston hukumati CMS COP raisi rolini öz zimmasiga oldi va kelgusi uç yil davomida nafaqat Markaziy Osiyoda, balki dunyoning barça mintaqalarida uşbu konferensiyaning köçib yuruvçi turlar va ularning yaşaş joylarini saqlab qoliş borasidagi faolligini oşirişda davom etadi.













