Uning nuqtayi nazariga köra, duşmanlar — NATO, AQŞ va Yevroittifoq, Ukrainadagi uruş esa — «kollektiv Ğarb» bilan keçayotgan, adolat tantanasi uçun, Rossiyaning mavjudligi uçun olib borilayotgan uruşdir.
Ammo, BBC’ning Rossiya bölimi muharriri Stiv Rozenbergning eslaşiça, 20 yil muqaddam u NATO bilan ittifoq tuzişga intilayotgan va kollektiv xalqaro xavfsizlik zarurati haqida gapirgan butunlay boşqaça Putin bölgandi.
Bu vaqt içida nimalar bölib ötdi va Rossiya prezidentining Ğarb va NATOga munosabati nega bunçalik özgarib ketdi?
Stiv Rozenberg şu savollar bila NATOning sobiq boş kotibi Jorj Robersonga yuzlandi. Putin u bilan özaro gaplaşganida Rossiya Şimoliy Atlantika alyansiga qaçon taklif etilişi haqida söragandi.
BBC: Biz bugun televizor orqali kuzatayotgan Putin siz NATO rahbari sifatida muloqot qilgan Putindan nimasi bilan farq qiladi?
Jorj Roberson: Men öşanda uçraşgan Putin yaxşi işlar qilgan, Rossiya-NATO kengaşini tuzgan, hozirgi [Putin]dan, amalda manyakdan butkul farq qilardi.
Öylaymanki, Putin juda jizzaki, şu bilan briga uning öz mamlakati böyiça ulkan ambitsiyalari bor. Köp jihatdan noreal ambitsiyalar — SSSR ekvivalenti böliş. Sovetlar ittifoqi dunyodagi ikkinçi superderjava bölgan, Rossiya esa bunga da’vo qila olmaydi. Öylaymanki, bu uning nafsoniyatiga tegadi, bu ba’zida ğarb körsatadigan zaiflik bilan qöşilib, avvaliga NATO bilan hamkorlik qilişni istagan, endi esa unda ulkan xavf körayotgan odamning şaxsiyatini özgartirdi.
BBC: Sizda qaçondir Putin NATOga a’zo bölmoqçi degan tasavvur uyğonganmi? U siz bilan bu haqda gaplaşganmi?
J.R.: Men Putin bilan ikkinçi uçraşuvimni eslayman, öşanda u töğridan töğri söragandi: siz Rossiyani NATOga qaçon taklif etmoqçisiz?
Bunga men şunday javob qaytarganman: «Biz mamlakatlarni NATOga maxsus taklif qilmaymiz, ular özi ariza berişadi». U esa degandi: «Xöş, biz ahamiyatsiz mamlakatlarning barçasi bilan birga navbatda turmaymiz».
U unga taklif bilan çiqilişini xohlardi, çunki, mening fikrimça, u hamişa Rossiya jahon sahnasidagi buyuk davlat ekaniga va sovetlar ittifoqi qozongan hurmatga sazovor bölişiga işongan, ayniqsa yanada kuçliroq işonadi.
BBC: Putin Ğarb NATOni şarqqa tomon kengaytirmaslik töğrisidagi va’dasiga amal qilmaganini aytadi va rossiyalik mulozimlar buni doimo eslatib turişadi. Ğarb, NATO yoki AQŞ sovetlar ittifoqi yoki Rossiyaga NATO kengaymasligini va’da qilganmidi?
J.R.: Bu borada, albatta, heç qanday yozma hujjatlar bölmagan, heç qanday kelişuv va şartlaşuvlar ham. Bu yana Putin vaziyat böyiça öz qaraşlarini ilgari surayotganida öz haqligini tasdiqlaş uçun hamma narsadan foydalanişini körsatuvçi holatdir. Masalan, Gorbaçyovni aldaşgani, Yelsin Xelsinki kelişuvlarini, Budapeşt memorandumini, Parij şartnomasini, Rossiya-NATO kengaşi tuziş töğrisidagi aktni imzolayotganida mast bölgani haqida aytganidek.
Ammo Vladimir Putinning özi ham Rim deklaratsiyasini imzolagandi. 2002 yil 28 may kuni Putin men bilan birga öşa hujjatga imzo qöygan, unda hududiy yaxlitlik va boşqa mamlakatlarning işlariga aralaşmaslikning asosiy tamoyillari mustahkamlangan. Buni uning özi imzolagan va bunda boşqa heç kim aybdor emas!
BBC: Sizningça, hozirda işlar ölik nuqtadan oldinga siljişi uçun nimalar bölişi kerak?
J.R.: Rossiya elitasi faqat bitta narsani tan oladi — kuçni. Ammo Putinda barçasi joyida emas. U NATOning kengayişiga xalaqit qilmoqçi edi, ammo Alyansga yangi davlatlar qöşilmoqda. U yevropaliklarni bölib yubormoqçi edi, ammo ular bugun har qaçongidan ham yakdil, u yevropaliklar va amerikaliklarni uruştirib qöymoqçi edi, ammo ular jipslaşişdi.
Agar Rossiya ğalaba qozonib, Ukrainani böysundirsa va suveren mustaqil davlat sifatida yöq qilsa, unda Vladimir Putin va dunyodagi avtoritar rejimlar bu bilan töxtab qolmaydi. Va biz ularga kerakli vaqtda kerakli signalni yuborişimiz kerak.













