Rossiya Içki işlar vazirligi Sankt-Peterburgda advokatni öldiriş uçun yollangan, ammo adaşib, uning haydovçisini otib taşlagan gumondorni qölga oldi. Jabrlanuvçi Özbekiston fuqarosi bölib, olgan jarohatlaridan şifoxonada vafot etgan.

Tergov ma’lumotlariga köra, 58 yoşli advokat 51 yoşli tadbirkor bilan «iş yuzasidan» janjallaşib qolgan. Söngra, tadbirkor avval sudlangan 50 yoşli döstiga 5 million rubl evaziga advokatni «yöq qilişni» buyurgan. Ammo ijroçi oxir-oqibat advokatni uning şaxsiy haydovçisi bilan adaştirib yuborgan. Özbekistonlik haydovçi advokatga tegişli Toyota Camry avtomobilida uning farzandini maktabga olib borganida killer uni töpponçadan otib taşlagan.

Jabrlanuvçi oğir ahvolda şifoxonaga yotqizilgan, biroq ikki kundan keyin vafot etgan.

Tergov qömitasi qotillikka suiqasd fakti böyiça jinoyat işi qözğatgani ta’kidlanmoqda.