Italiya antidoping prokuraturasi Pogbani 4 yilga futboldan çetlatiş borasida Italiya futbol federatsiyasiga talabnoma jönatgaç, fransiyalik 30 yoşli futbolçi futboldan 4 yilga diskvalifikatsiya qilindi.
Köp ötmay, futbolçi hukm böyiça Sport arbitraj sudiga şikoyat arizasi kiritişini ma’lum qildi.
«Antidoping qömitasining qarori haqida xabar topdim va bu hukmni notöğri deb hisoblayman. Juda ham xafaman, şok holatidaman. Barça erişganlarimni mendan öğirlangandek his qilyapman. Meni borimdan mahrum qilişdi.
Bu voqeaning barçasi hali oçiqlanadi, ammo men heç qaçon ataylab yoki maqsadli ravişda doping qoidalarini buzadigan qöşimçalarni qabul qilmaganman.
Professional sportçi sifatida öz natijalarimni taqiqlangan moddalar yordamida yaxşilaş uçun hattoki urinmaganman. Heç qaçon özim öynagan va raqib jamoalarning sportçilari hamda muxlislarga nisbatan hurmatsizlik körsatmagan yoki ularni aldamaganman.
Bugun e’lon qilingan hukmdan kelib çiqqan holda men Sport arbitraj sudiga şikoyat arizasini kiritaman», - deb yozadi Pogba «instagram»dagi sahifasida.
Eslatib ötamiz, 2023 yilning 20 avgust kuni fransiyalik jahon çempionining testosteronga topşirgan doping tahlili musbat natija bergandi. Takroriy testda ham natija bir xil çiqqaç, 30 yoşli futbolçi futboldan vaqtinçalik çetlatilgan edi.
Ma’lumot uçun, Pogbaning «Yuventus» bilan amaldagi kelişuvi 2026 yilga qadar imzolangan. U joriy mavsum klubi safida bor yöği 2 öyinda maydonga tuşib, jarohat olgandi.












