Pol Pogbaning «Yuventus»ga ötişi haqida gapirayotib, pul haqidagi oddiy fikrlarga beriliş oson.
Masalan, yarimhimoyaçi Turinga ikkinçi marta erkin agent sifatida kelayotgani, «Mançester Yunayted» ikkinçi marta tarbiyalanuvçisini yöqotayotgani, uni qaytariş uçun 2016 yilda rekord darajadagi 105 million yevro tölagani (hozirça bu Neymarning transferidan keyingi ikkinçi körsatkiç), Pogbaning işlari bilan şuğullangan marhum Mino Rayola öşa transfer uçun taxminan 20 million yevro komissiya olganini aytiş mumkin.
Şuningdek, Pogmentary nomli hujjatli filmda keltirilgan va matbuotda keng tarqatilgan iqtibos – «MYu» yangi şartnoma böyiça muzokaralar çoğida futbolçiga taklif qilgan haftasiga 300 ming funt maoş «heç narsa emasligi»ni qöşimça qilsa böladi (agar Romanoga işonadigan bölsak, Pogbaning «Yuventus»dagi maoşi bonuslarni hisobga olmaganda 8 mln yevroga teng. Bu esa «MYu» taklifidan 2 barobar kam). Va hokazolar.
Pogba va pul mavzusi bir-biri bilan çambarças boğliq bölsa-da, öşa Pogmentary filmidagi boşqa iqtibos qiziqarliroq. Rayolaning hamkori, Pogbaning işlarini köp yillar davomida olib borgan, unga nafaqat agent, balki hayotiy maslahatçi bölgan Rafayele Pimentening sözlarini keltiriş örinli: «Pogbani biz yaratdik. Bu brend. Uning smayliklari bor, emodzilari, finjonlari bor. Uning şousi bor, soç turmagi bor... Va bu bilan odamlarning vaqtini çoğ qilamiz degan umiddamiz».
Aslida, bu juda muhim sözlar. Masalan, 2016 yilda Pogba «Mançester Yunayted»ga ötganida, L'Equipe yozganidek, imij huquqining 20 foizini özida qoldirgan. Bu esa unga yiliga qöşimça 7 million yevro olib kelar edi. «Yunayted»ga Pogba imijini monetizatsiya qilişda Adidas yordam berişi lozim edi. Sport kiyimlarini işlab çiqaruvçi ham klub, ham futbolçi bilan hamkorlik qilgan va uning iştiroki muzokaralarda alohida tilga olingan. Şu tufayli, Joze Mourino bilan ziddiyat yuzaga kelganida, «Mançester Yunayted» futbolçining yonini oldi, Aleks Fergyuson davrida buni tasavvur qiliş ilojsiz edi.
Ijtimoiy tarmoqlarda obunaçilar soni, bank hisobvarağidagi nollar soni gollar va uzatmalar sonidan oz bölmasligiga intiliş ayb emas. Sport allaqaçon global köngiloçar industriyaning bir qismiga aylandi va 2022 yilda «sportçining işi faqat maşq qiliş va öynaş» degan bahslar eskilik sarqitiga öxşaydi. Pogba nafaqaga çiqsa, u tinçgina Pol Pogba bölib işlayveradi, buning uçun poydevor allaqaçon qurilgan.
Ammo fransiyalik futbolçida bitta muammo bor: Pogba barça kutayotgan öyin darajasini uzoq vaqt mobaynida namoyiş eta olmaydi. Bunday salohiyatga ega futbolçi hatto Messi bilan Ronaldu davrida ham bir-ikki «Oltin töp»ni qölga kiritişi mumkinligini 2018 yilgi jahon çempionatida körsata oldi. Pogbada şaxsiy brendini rivojlantiriş böyiça muammo yöqligini inobatga olsak, bu yanada qayğuli.










