Rossiya Federatsiyasidagi prezidentlik saylovlariga ikki yarim hafta qolganda, beşinçi muddatga qayta saylanişni rejalaştirayotgan amaldagi davlat rahbari Vladimir Putin uzoq nutq sözlab, ijtimoiy, iqtisodiy va xavfsizlik sohalarida ulkan va’dalar berdi. 29 fevral, payşanba kuni u Rossiya siyosati, biznesi, madaniyatining 1000 dan ortiq vakillari iştirokida Federal majlisga ikki soatdan ortiq davom etgan murojaatni öqib eşittirdi.
Putin xavfsizlikka tahdidlar haqida
Murojaati boşida Putin Rossiya Federatsiyasining Ukrainaga qarşi uruşini «rossiyaliklarning mutlaq köpçiligi» qöllab-quvvatlaşini aytdi. U Ğarbni Rossiyani qurollaniş poygasiga tortiş va şu orqali uni tugatişga urinişda, şuningdek, Rossiya Federatsiyasini öz hududida «maksimal samarali» mağlubiyatga uçratiş rejalarini tayyorlaşda aybladi. Rossiya prezidentining ta’kidlaşiça, AQŞ xatti-harakatlari «xalqaro xavfsizlik tizimini deyarli yöq qilişga olib keldi» va Ğarb qöşinlari Ukrainaga kiritilsa, «fojiali oqibatlar» yuz beradi. Uning sözlariga köra, Ğarb davlatlarining bayonotlari «yadro qurolidan foydalangan holda töqnaşuv» va «sivilizatsiyani yöq qiliş» böyiça real tahdidni keltirib çiqaradi.
Putinning ijtimoiy sohadagi keng kölamli va’dalari
Bundan taşqari, Putin kam ta’minlangan va kasal fuqarolar, köp bolali oilalarni qöllab-quvvatlaşni kuçaytirişga, şuningdek, soğliqni saqlaş tizimini modernizatsiya qiliş uçun 1 trillion rubl ajratişga va’da berdi. U 13,5 million rossiyalik hali ham qaşşoqlik çegarasida yaşayotganiga e’tibor qaratdi va köp bolali oilalarning qariyb 30 foizi oğir moliyaviy ahvolda ekanini tan oldi. U 2030 yilga borib bu körsatkiçni 12 foizga kamaytirişga çaqirdi.
Putin, şuningdek, ijtimoiy sohada bir qator dasturlar yaratilişini e’lon qildi, xususan, imtiyozli ipoteka va bolali oilalar uçun soliq imtiyozlariga işora qildi. U 2030 yilga borib eng kam iş haqini hozirgi 19 ming rubldan (taxminan 190 yevro) 35 ming rublga (350 yevro) oşirişga va’da berdi.
Transport, ta’lim va biznes sohalarida taşabbuslar
Rossiya prezidenti hududlar va ekologik taşabbuslarni, kiçik va örta biznesni rivojlantiriş, raqamlaştirişni kuçaytiriş, Rossiya iqtisodiyotiga sarmoya kiritişni köpaytiriş, sport infratuzilmasini rivojlantiriş, ta’lim muassasalarini jihozlaşni yaxşilaş, ilm-fanga sarmoya kiritiş, yangi yöllar qurilişi va havo qatnovini yaxşilaş çoralari zarurligini ta’kidladi.
Bundan taşqari, Putin yaqin olti yil içida minglab yangi sanoat tarmoqlarini yaratiş zarurligini ma’lum qildi. «Biz sanoat texnoparklarini rivojlantirişni davom ettiramiz. Klaster yondaşuvidan foydalaniş muhim. Biz kamida 100 ta şunday maydonça yaratişimiz kerak. Muhim sohalarga kiritilayotgan investitsiyalar hajmi 70 foizga oşişi lozim», - dedi u. Rossiya davlat rahbari, şuningdek, tadbirkorlarni Rossiya yurisdiksiyasida faoliyat yuritişga va xorijga pul olib çiqib ketmaslikka çaqirdi.
Rossiya YaIM ösişi haqida
Şu bilan birga, Rossiya prezidenti RF dunyodagi törtta yirik iqtisodiy kuçlardan biriga aylanişiga umid bildirdi. Şu bilan birga, u 2023 yilda Rossiya yalpi içki mahsulotining yuqori ösiş sur’atlarini ta’kidlab ötdi, bu jahon örtaça körsatkiçidan va «Katta yettilik»ning barça davlatlaridan yuqori böldi. Uning fikriça, sezilarli iqtisodiy ösişda «sönggi ön yillikda yaratilgan xavfsizlik çegarasi» katta rol öynadi. Ayni paytda, mustaqil ekspertlar Rossiya iqtisodiyotining ösişi Ukrainaga qarşi uruş davom etişi fonida faqat harbiy sanoatdagi jarayonga asoslangan va uruş tugaşi bilan yakunlanadi, deb hisoblayapti.
Rossiya Federatsiyasida prezidentlik saylovlari 15-17 mart kunlari bölib ötadi. Rossiyani 24 yil boşqarib kelayotgan 71 yoşli Vladimir Putin yana olti yilga prezident etib saylaniş niyatida. Bu Putinning Federal majlisga yöllagan 19-murojaati.












