“Qayta tiklanuvçi energiya manbalaridan foydalanişni yanada jadallaştiriş va respublikaning energiya samaradorligini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident qarori loyihasi e’lon qilindi.
2025 yil 1 yanvardan barça darajadagi davlat organlari va taşkilotlarida amaldagi rahbar örinbosarlaridan biriga energiya samaradorligi va energiya tejamkorligi böyiça vazifalar yuklatiladi hamda energiya menejyeri (Energy Efficiency Manager) lavozimi kiritiladi.
Rahbariyat uçun energiya resurslarini tejaş va qayta tiklanuvçi energiya manbalaridan foydalanişni joriy etiş böyiça asosiy körsatkiçlar (KPI) joriy etiladi.
Energetika vazirligi markaziy apparatida umumiy ştatlar soni doirasida barça taşkilot va korxonalarda energiya resurslari iste’molining tahlilini ötkaziş bilan şuğullanuvçi tarkibiy bölinma hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi Energetika vazirligi, Energetika vazirligining viloyatlar va Toşkent şahar boşqarmalari taşkil etilişi rejalaştirilmoqda.
Hududiy boşqarma 1 nafar rahbar, elektr energiyasi ta’minoti böyiça 1 nafar mutaxassis, tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minoti böyiça 1 nafar mutaxassis, mahalliy va import kömir ta’minoti böyiça 1 nafar mutaxassis hamda qayta tiklanuvçi energiya manbalari va energiya samaradorligi böyiça 1 nafar mutaxassis xodimdan iborat böladi.

















