Rossiya 24 yanvar kuni Belgorod viloyatida Il-76 harbiy-transport samolyoti qulaşi oqibatida halok bölganlarning jasadlarini Ukrainaga topşirişga tayyor. Bu haqda 1 mart, juma kuni «RIA Novosti» agentligiga Rossiya Federatsiyasining inson huquqlari böyiça vakili Tatyana Moskalkova ma’lum qildi. «Buning uçun protsessual nuqtayi nazardan zarur bölgan hamma narsa mavjud. Jasadlar mavjud tartib-qoidalar böyiça topşirilişi mumkin», - deya iqtibos keltiradi agentlik rossiyalik rasmiy sözlaridan.

Moskalkovaning sözlariga köra, samolyot halokati böyiça u Ukraina Oliy radasi vakili Dmitriy Lubinets bilan aloqada. Moskalkova, şuningdek, Ukraina tomoni jasadlarni topşiriş imkoniyatidan manfaatdor ekanligini, Rossiyada «ekspertiza natijalariga köra, şaxsni aniqlaşga imkon beradigan tasdiqlaş va barça DNKlar bor»ligini ma’lum qildi.

Il-76 qulaşi: «GUR» RF bilan muzokaralarni tasdiqladi 

«Ukraina bir neça bor tajovuzkor davlatga Il-76 bortida halok bölgan ukrainalik harbiy asirlarning jasadlarini topşiriş böyiça murojaat qilgan. Bu yönalişda işlar olib borilmoqda», - deya Ukraina Mudofaa vazirligi Boş razvedka boşqarmasi («GUR») vakili Andrey Yusov «Ukrinform» agentligiga Moskalkovaning izohidan söng xabar berdi. 

Avvalroq Yusov Rossiya Federatsiyasi Il-76 samolyoti halokati böyiça xalqaro tergov ötkazilişiga rozi emasligini ta’kidlagan edi. Fevral oyi boşida u, şuningdek, Kiyev, Rossiya rasmiylariga köra, harbiy-transport samolyoti halokatida hayotdan köz yumgan harbiy asirlarning jasadlarini qaytariş böyiça Moskvaga bir neça bor murojaat qilganini aytdi. Uning sözlariga köra, Rossiya tomoni bunga javob bermagan. 

Ukraina milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi kotibi Aleksey Danilov 9 fevral kuni «Babel» naşriga bergan intervyusida Il-76 bortida ukrainalik harbiy asirlar yöqligini aytdi. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Ukraina Xavfsizlik xizmatiga aviahalokatni tekşirişni, Boş razvedka boşqarmasiga esa barça asirlar taqdirini aniqlaşni topşirdi. Zelenskiy şuningdek, Kiyev voqea yuzasidan xalqaro tergov ötkazilişini talab qilişini aytdi. 

RTQ 74 kişining jasadi haqida xabar berdi 

Il-76 harbiy-transport samolyoti 24 yanvar kuni Belgorod viloyatida, Yablonovo qişloği yaqinida halokatga uçradi. Avvalroq Rossiya Tergov qömitasi (RTQ) halok bölganlarning barçasi jasad qoldiqlari aniqlanganini ma’lum qilgandi. Samolyot qulagan hududda jami 670 dan ortiq jasad parçalari, şuningdek, qisman saqlanib qolgan şaxsiy hujjatlar topildi, deyiladi departament xabarida. Ekspertiza topilgan qoldiqlar olti ekipaj a’zosi, uç harbiy politsiya zobiti va 65 ukrainalik harbiy xizmatçiga tegişli ekanligini körsatdi, deya ta’kidlaydi Rossiya tergovi. 

Tergov qömitasi ekspertiza natijalariga tayanib, samolyot Patriot majmuasidan MIM-104A zenit raketasi bilan urib tuşirilganini ma’lum qildi. The New York Times ham xuddi şu haqda xabar bergan, ammo amerikalik rasmiylarga tayangan. Şu bilan birga, bortda ukrainalik harbiy asirlar bor-yöqligi haqidagi savol noaniqligiça qolmoqda, deb ta’kidlaydi naşr. 

Amerika rasmiylari yölovçilarning şaxsini tasdiqlamadi, biroq ular heç bölmaganda ba’zilari ukrainalik harbiy asirlar bölişi mumkinligini ham inkor etmadi. Şu bilan birga, Amerika va Ukraina rasmiylari Rossiya Federatsiyasi ölim sonini börttirib körsatişi mumkinligini ta’kidlamoqda. Ukraina boş razvedka boşqarmasi 24 yanvar kuni asirlar almaşinuvi bölib ötişini tasdiqladi, biroq bortda Ukraina qurolli kuçlari harbiylari borligi haqida heç qanday ma’lumotga ega emasligini ta’kidladi.