«Şeffild Yunayted» — «Arsenal» 0:6
Gollar: Edegor (5), Bogl (13, avtogol), Martinelli (15), Haverts (25), Rays (39), Uayt (58).
«Şeffild Yunayted» – Grbiç, Bogl, Robinson, Ahmedhojiç (Arblaster, 64), Trasti, Makati (Boldok, 46), Hamer, Norvud (Osborn, 17), Devis (Bruks, 46), Vinisius, Makberni (Osula, 46).
«Arsenal» – Rayya, Uayt (Soareş, 65), Gabriel, Saliba, Kivior, Jorjinio (Parti, 65), Edegor, Rays (Trossar, 74), Haverts, Martinelli (Jyezus, 64), Saka (Viyeyra, 46).
Ogohlantiriş: Bogl (29).
«Arsenal» APLning 27-turini safarda «Şeffild Yunayted» ustidan yirik hisobda ğalaba qozoniş bilan yopib berdi.
«Arsenal»ning çempionlik uçun kuraşdagi raqiblari — «Liverpul» va «Mançester Siti» — öz uçraşuvlarini oldinroq ötkazgan va qiyinçilik bilan ğalabaga erişgandi. Bu klublarni uzoqlaştirib yubormaslik uçun Mikel Arteta jamoasi ğalaba qozonişi talab etilardi. Raqib esa buning uçun öta qulay edi: «Şeffild» — liga turnir jadvalidagi sönggi poğonada joylaşgan. Mezbonlar maydonga şunday holatda çiqişdiki, xuddi ligada jon saqlab qoliş uçun matematik imkoniyatlari ham qolmagandek.
Birinçi bölim töliğiça mezbonlar jarima maydoni atrofida keçdi. «Arsenal» öyinning 80 foiz vaqtida töpga egalik qildi va raqibnikidan 16 baravar köp zarba berdi (1 ga qarşi 16). Arteta jamoasi tanaffusga qadar yuqori samaradorlik namoyiş etdi — olti zarba darvoza sohasiga töğri borib, şundan beştasi golga aylandi. Iş şunga borib yetdiki, «Şeffild»ning ayrim muxlislari 17-daqiqadayoq stadionni tark eta boşladi. Bu vaqtda mezbonlar uçta gol ötkazişga ulgurgandi.

«Şeffild» bu öyinda heç narsadan umid qila olmasligi ikkinçi daqiqadayoq ayon bölib ulgurgandi. Bu vaqt içida Bukayo Sakaning zarbasi tösindan qaytdi, Gabriel Martinellining darvoza töriga kirib borayotgan zarbasini himoyaçi tösib qoldi. Uç daqiqa ötib «Arsenal» baribir hisobni oçdi. Mehmonlar hujum çiziği vakillari barça harakatlarni çiroyli bajarişdi va Martin Edegor töpni olis burçakka yumalatib yubordi. Bu vaqtda esa «Şeffild» vakillari futbol tomoşa qilib turişdi.
Keyin vaziyat mezbonlar uçun yanada oğirlaşdi. Sakaning qanotdan uzatmasidan keyin Jyeyden Bogl töpni öz jamoasi darvozasiga kiritib yubordi, Martinelli esa Yakub Kivior bilan devor uslubida öynab darvozani işğol etdi. 15-daqiqaga kelib 0:3! Bunday azoblaniş ayrim muxlislarning joniga tegdi va ular stadionni tark etişga kirişişdi. «Şeffild» esa tanaffusga qadar yana ikki bor gol ötkazib yubordi.
Kay Havers özi uçun vaziyat yaratib, jarima maydoniga kirib bordi va olis burçakka ideal zarba yölladi, Deklan Rays esa Sakaning uzatmasini golga aylantirdi. Aftidan, bunday yomon holatdagi «Şeffild»ga 41 yoşli Arteta ham gol urgan bölardi. Yakunda ilk 45 daqiqalikda «Arsenal» himoyaçisi Uilyam Salibaning özi «Şeffild»ning barça futbolçilaridan köra köproq uzatma bergani ma’lum böldi (74 ga qarşi 80). Arbitr Semyuel Barrott esa birinçi bölimga beş daqiqa qöşib berib, betaraf muxlislarni xuşnud etdi.

Tanaffusdan keyin tribunalarda yanada köproq örindiqlar böş qolganini köriş mumkin edi. Öyinning qolgan qismi rasmiyatçilikka aylandi — uni 15-daqiqada töxtatsa ham bölardi. Arteta tanaffusda jamoa yetakçilaridan biri Sakani asraş uçun zaxiraga oldi va jarohatdan tuzalgan Viyeyraga öynaşga imkon berdi. «Arsenal» töxtaş haqida öylamadi: Ben Uayt jarima maydoniga kirib olis burçakka çiroyli zarba yölladi va londonliklarning darvozabondan boşqa barça çiziqlari vakillari maydonni golsiz tark etmaydigan böldi.
Ammo bu öyin «Arsenal» uçun ideal yakunlanmadi. Çunki Martinelli jarohatlandi. Avvaliga braziliyalik hujumçining köziga zarba berildi, ammo u öynaşda davom etdi. Keyin esa raqib bilan navbatdagi töqnaşuvdan keyin maydonni tark etdi. Gabriel oyoqqa tura olmadi, uni gazondan Jorjinio va «Arsenal» şifokorlaridan biri kötarib olib ketdi. Arteta uni barça masala hal bölgan öyinda vaqtliroq almaştirmaganiga afsuslangani aniq.
6:0, 5:0, 4:1, 6:0 — «Arsenal»ning Angliya çempionatidagi sönggi tört öyinidagi natijalar. Jamoa APLda barçadan köproq gol urgan (68 gol). APLdagi töplar nisbati böyiça eng yaxşi farq ham «Arsenala»da (+45). Ammo londonliklar hamon turnir jadvalida peşqadam va ikkinçi örindan mos ravişda 2 va 1 oçkolik farq bilan uçinçi örinda bormoqda. Lekin jamoalarning oçkolari teng kelib qolgan taqdirda birinçi navbatda töplar nisbatiga qaraladi, bu borada «Arsenal» «Liverpul»dan (+6) ham, «Siti»dan (+10) ham ança yaxşiroq körsatkiç qayd etmoqda. Keyingi turda esa birinçi va ikkinçi örin vakillari özaro uçraşadi, «Arsenal» «Brentford»ni qabul qiladi.













