Prezident Şavkat Mirziyoyev 6 mart kuni Toşkent viloyatining tuman va şaharlaridagi imkoniyatlarni töliq işga soliş çora-tadbirlari yuzasidan yiğiliş ötkazdi. 

Qayd qilinişiça, Toşkent viloyatida 15 ta tuman va 7 ta şahar bor. Hudud qulay geografik makonda, voha va vodiy viloyatlarini poytaxtimiz bilan boğlaydigan muhim transport yölagida joylaşgan. Lekin viloyatning iqtisodiy rivoji mavjud salohiyatga umuman mos emas. Na savdo, na yer-suv, na transport-tranzit imkoniyatlaridan töla foydalanilayapti. Ba’zi körsatkiçlar bunday qulayliklar bölmagan ayrim çekka hududlardagidan ham past. 

Tanqidiy ruhda ötgan yiğilişda işga solinmayotgan imkoniyatlar, bu boradagi sustkaşliklar körsatib ötildi. 

Poytaxt jadal rivojlanayotgani holda uning yonidagi viloyat hududlari bu sur’atdan ortda qolmoqda. Masalan, Toşkent, Zangiota, Qibray, Yuqori Çirçiq, Örta Çirçiq tumanlarida sanoat hajmi yondoş poytaxt tumanlariga nisbatan bir neça barobar kam. Quriliş sohasida ham şu ahvol. 

Bir qator kiçik tadbirkorlar faoliyatini töxtatgan. 29 ta yirik korxonada hamda Bekobod va Yangiyöl şaharlarida işlab çiqariş kamaygan. Viloyatda ekin yerlari köp böla turib, Andijon bilan deyarli bir xil hajmda mahsulot yetiştirilgan. 

Hududlarning bor salohiyati daromadga aylanmayapti. Sababi «ösiş nuqtalari»ni topiş va işga soliş böyiça hokimlarda taşabbus yetişmayapti. Ayrim hokimlar hatto öz hududida «pastga tuşmagan», tadbirkorni qöllab-quvvatlaş, iş örinlarini köpaytirişga harakat qilmagan. 

Yiğilişda viloyatdagi şahar va tumanlar mutasaddilari öz faoliyatida özgariş qilmasa, lavozimiga loyiqligi körib çiqilişi töğrisida ogohlantirildi. 

Ta’kidlanişiça, Parkent, Yangiyöl, Çinoz va Oqqörğon tumanlarida turizm, tranzit va iqtisodiy qulayliklar köp bölsa-da, taraqqiyotdan orqada. Şu bois, prezident topşiriğiga muvofiq, ulardagi haqiqiy holat, imkoniyatlar va tadbirkorlarning takliflari örganildi. 

Yiğilişda şu boradagi tahlillar, mazkur tumanlarning «ösiş nuqtalari» taqdimot qilindi. 

Jumladan, Parkent tumanining xuşmanzara joylariga olib boruvçi yöllarni ta’mirlaş, mikroavtobuslar qatnovini taşkil etiş, yöl böyida savdo va xizmat körsatiş şoxobçalari quriş uçun tadbirkorlarga yer ajratiş taklif etilmoqda. Parkensoy, Qizilsoy va Çovlisoyning muhofaza hududini aniq belgilaş va qirğoqlarini mustahkamlaş orqali böşaydigan yerlardan samarali foydalaniş ham mumkin. 

Yangiyöl tumanida oziq-ovqat va gigiyena mahsulotlariga ixtisoslaşgan kiçik sanoat zonasi taşkil etiş közda tutilmoqda. 

Çinoz tumanida savdo-köngiloçar majmua va zamonaviy baliq bozori barpo etiş, yöl böyida savdo va xizmatlarni kengaytiriş, xonadonlarda issiqxonalarni köpaytiriş kabi imkoniyatlar hisob-kitob qilingan. 

Oqqörğonda sanoat rivojlanmagani sababli köplab xotin-qizlar Toşkent şahri va boşqa tumanlarga qatnab, töqimaçilik korxonalarida işlamoqda. Şunday korxonalarni tumandagi böş binolar örnida taşkil qiliş rejalaştirilgan. 

Davlat rahbari tumanlar iqtisodiyotini soğlomlaştiriş böyiça çoralarni körsatib ötdi. Mutasaddilarga viloyatning barça hududlarini şunday tahlil qilib, qöşimça «ösiş nuqtalari»ni aniqlaş, daromad manbalarini köpaytiriş vazifasi qöyildi. 

Ohangaron tumanida Özbekiston – Vengriya sanoat zonasi taşkil etilib, 100 million dollarlik loyihalar joylaştiriladi. Angren erkin iqtisodiy zonasida maişiy texnika, metall prokat, meva-sabzavotni qayta işlaş böyiça 400 million dollarlik, «Eltex industrial» texnoparkida 260 million dollarlik loyihalar amalga oşiriladi. 

Yiğilişda töğridan-töğri xorijiy investitsiyalar jalb qilib, iqtisodiy-ijtimoiy loyihalarni jadallaştiriş masalalari körib çiqildi. Poytaxtdagi sanoat korxonalarini bosqiçma-bosqiç şahardan taşqariga köçiriş rejalaştirilgani, bu Toşkent viloyati uçun katta imkoniyat ekani ta’kidlandi. 

Özini özi band qilgan insonlarning kiçik biznesga ötişi, faoliyatini töxtatgan tadbirkorlarning işini yana tiklaşiga kömaklaşiladi. Tomorqalarda Çinoz tajribasi böyiça ixçam issiqxonalar, kooperatsiya asosida mahsulotlarni saqlaş va qayta işlaş majmualari taşkil etiladi. 

Şuningdek, joriy yilda mahalliy va xorijiy turistlar sonini 5 millionga, turizmda eksportni kamida 300 million dollarga yetkaziş çoralari böyiça fikr almaşildi. 

Xotin-qizlar va yoşlarni kasbga öqitiş hamda bandligini ta’minlaş masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.