Angliya: «Liverpul» va «Mançester Siti» öyinida «Arsenal» ğolib

Foto: MICHAEL REGAN/GETTY IMAGES

«Liverpul» — «Mançester Siti» 1:1
Gollar: Mak Allister (50, penalti) — Stounz (23).
«Liverpul» – Kelleher, Bredli (Roberson, 61), van Deyk, Kuansa, Gomes, Endo, Soboslai (Saloh, 61), Mak Allister, Elliott, Dias, Nunes (Gakpo, 76).
«Mançester Siti» – Ederson (Ortega, 56), Uoker, Ake, Akanji, Stounz, de Bryuyne (Kovaçiç, 69), Silva, Rodri, Foden, Holand, Alvares (Doku, 69).
Ogohlantirişlar: Rodri (45+2), Ederson (47), Silva (59).

Sönggi sahifa

Angliya premer-ligasida köp buyuk murabbiylar qarama-qarşiligi kuzatilgan: Fergyuson Vengerga qarşi, Mourinio Vengerga qarşi, Gvardiola Mourinioga qarşi. Va bularning barçasi allaqaçon tarixga aylandi.

Yana bir monumental duel — Klopp va Gvardiola qarama-qarşiligi ham tarixga aylanmoqda. Germaniyalik mutaxassis mavsum yakunida «Liverpul»dan ketişini aytgan va bundan keyin boşqa biror ingliz klubida işlamasligini qöşimça qilgan. Bu butun futbol uçun ulkan yöqotişdir: Gvardiola va Klopp köp yillar mobaynida nafaqat şiddatli raqobat hosil qilişdi, balki öz ğoyalari bilan APLni takomillaştirişdi ham.

Yakşanba kuni «Liverpul» va «Mançester Siti»ning ikki afsonasining sönggi töqnaşuvi kuzatildi. Va bu öyin sifati borasida barça kutilmalarni töla oqladi.

Mezbonlardagi yöqotişlar

Pep va Yurgenning APLdagi sönggi dueli şunçaki formal bölib qolmay, jiddiy intrigaga ham ega edi. «Siti» va «Liverpul» «Arsenal» bilan birga qizğin çempionlik poygasida qatnaşmoqda, şu tufayli ularning özaro uçraşuvi kuçlar nisbatiga jiddiy ta’sir körsatişi mumkin edi.

Ikki jamoa ham eng kuçli tarkibini maydonga taşladi, ammo muhim nyuans bor edi: Gvardiola özining eng yaxşi futbolçilaridan foydalana olişi mumkin edi, Klopp esa imkon doirasidagi eng kuçlilarni tanlay olardi. Alisson, Matip, Trent, Jota, Jonas, Konate, Gravenberh — bularning heç biri bu oqşom «Liverpul»ga yordam bera olmasdi. Saloh ham zaxirada qoldirildi — misrlik hujumçi hozirça 90 daqiqa öynaşga tayyor emas, şu tufayli faqat ikkinçi bölimda yarim soat öynaş uçun tuşirildi.

Sifatli futbol

«Siti» öyinni yaxşiroq boşladi: Alvares va De Bryuyneda yaxşi vaziyatlar böldi. Ammo «Liverpul» ham tezkor gol uriş imkoniga ega edi: Nunes Bredlining uzatmasini golga aylantirişi mumkin edi, ammo töpga yeta olmagan urugvaylik hujumçi ustunga borib urildi. 19-daqiqada esa «Enfild» portladi — Dias darvozani işğol etdi, ammo unga uzatma bergan Darvin ofsayd holatida töp qabul qilib olgani ma’lum böldi. «Liverpul» hujumçisi bu borada noyob bölim ötkazdi: u roppa-rosa beş marta «öyindan taşqari» holatga tuşib qoldi.

Nunes öz jamoasi darvozasi oldida ham «minus» işladi: 23-daqiqada aynan u burçak töpi yaqin ustun oldiga uzatilganida Stounsga xalaqit qila olmadi, angliyalik himoyaçi esa osonlik bilan hisobni oçdi. Bu vaziyatda mehmonlarning boşqa bir himoyaçisi Ake Mak Allisterning yölini tösib, şerigiga yöl oçib berdi. Bu «Siti»ning «Liverpul»ga moslab tayyorlangan uy vazifasi edi.

Bu uçraşuvdagi xavfli vaziyatlarni sanaşga köp vaqt ketadi. Va bu jamoalar mudofaa çiziği kuçsiz öynagani tufayli emasdi. Şunçaki hujumlar tezligi va sifati yuqori bölgani tufayli himoyaçilar doş bera olişmadi. Şu bilan birga, mezbonlar 45 daqiqada davomida biror marta darvoza sohasiga aniq borgan zarba yöllay olişmadi, faqat 45+3-daqiqada Soboslaining uzoq masofadan yöllagan jarima zarbasi Edersonning qöllariga bordi va darvoza sohasiga aniq borgan zarbalar böyiça hisob 1:4 körinişini oldi.

Tanaffusga jamoalar «Siti» foydasiga 0:1 hisobida yöl olişdi, ammo birinçi bölimdagi eng yorqin epizod gol emas, balki 32-daqiqada Holand maydon markazida hujumga ötganida, ammo van Deyk tomonidan qattiq qarşilikka uçrab, yakunda gol ura olmaganida röy berdi. Muxlislar zamonaning eng sermahsul forvardi va eng yaxşi himoyaçilaridan biri qarama-qarşiligiga guvoh bölişdi.

Nunes esa ikkinçi bölim boşida aybini yuvdi. 50-daqiqada u Akening orqaga noqulay pasidan keyin penalti işladi.

Natijada Ederson «Liverpul» forvardiga fol işlatişiga töğri keldi. Sözsiz penalti. Hakam bu vaziyat darvoza röparasida bölmagani uçungina darvozabonni maydondan çetlatmadi.

Mak Allister esa 11 metrlik jarima zarbalaridan deyarli xato qilmaydi — 1:1.

«Siti» darvozaboni urugvaylik hujumçi bilan töqnaşuvda jarohat olgani tufayli köp ötmay almaştirildi. Odatda faqat Angliya Kubogi va Liga Kubogida öynaydigan Ortegani tuşirişga töğri keldi. «Liverpul»da ham futbolçi almaştirişlar qilindi. Xususan, Saloh maydonga tuşdi va mezbonlar hujumda yanada faollaşdi. U Diasni yakkama-yakka vaziyatga çiqarib yubordi, ammo kolumbiyalik hujumçi imkoniyatdan foydalana olmadi.

Mehmonlar töpga egalik qila olmay qoldi, «Liverpul» esa maydon markazida töliq hukmronlik qildi. «Siti» bu mavsumdagi eng oğir öyinni ötkazişiga töğri keldi, Gvardiola De Bryuyneni maydondan olib, Kovaçiçni tuşirdi, xorvatiyalik himoyaçining podkatlari öyinni biroz muvozanatga keltirdi.

Oxirgi daqiqalarga kelib öyin tenglaşa boşladi. Mehmonlarning hujumi davomida töp «Liverpul» darvozasi tösiniga tegdi. Bu epizodda Kelleher qaytargan töp Fodenning yuziga tegib yana darvoza tomon yöl oldi va gol bölişiga bir baxya qoldi. 90-daqiqada esa Dokuning zarbasidan keyin töp ustunga tegdi.

90+8-daqiqada bahsli epizod yuzaga keldi. Avvaliga töpga öynagan Doku butsasining ostki qismi bilan Mak Allisterning kökrak sohasiga ham zarba berib yubordi. Hozirgi qoidalarga köra, töp uçun öynaş fol qayd etilişidan xalos qila olmaydi. Ammo hakam va VAR zarbani qasddan berilmagan deb topdi va «Liverpul» foydasiga ikkinçi penalti qöyilmadi.

Yakunda «Arsenal» uçun foydali bölgan durang hisob saqlanib qoldi. Endi aynan londonliklar turnir jadvalini boşqarmoqda va keyingi öyinini «Etihad»da «Mançester Siti»ga qarşi ötkazadi. 

«Aston Villa» — «Tottenhem» 0:4
Gollar: Meddison (50), Jonson (53), Son (90+1), Verner (90+4). 
«Aston Villa» – Martines, Keş, Langle (Zaniolo, 58), Pau Torres, Konsa (Diyego Karlos, 85), Din (Moreno, 58), Makginn, Tilemans (Diabi, 58), Duglas Luis, Beyli (Iroegbunam, 69), Uotkins.
«Tottenhem» – Vikario, Porro, Romero, van de Ven (Dreguşin, 49), Udoji, Meddison (Verner, 87), Bissuma, Kulusevski, Sarr (Bentankur, 70), Son, Jonson (Hyoyberg, 88).
Ogohlantirişlar: Sarr (19), Dreguşin (61).
Çetlatiş: Makginn (65).

Yakşanba kuni Çempionlar ligasiga törtinçi yöllanma uçun kuraşayotgan ikki jamoaning özaro uçraşuvi ham bölib ötdi. Bu öyindan köp narsa kutilgandi, ammo birinçi bölim hafsalani pir qildi. «Aston Villa» ikkinçi raqam ostida harakat qilib, butkul himoyalandi, ammo golga nisbatan yaqinroq keldi, «Tottenhem» esa töpga egalik qiliş böyiça ikki karra ustunligidan heç narsa çiqara olmadi. Natijada tanaffusga qadar ikki jamoa jami olti bor zarba berdi va bu zarbalarning birortasi darvoza sohasiga aniq bormadi. Bu APLdagi birinçi bölimlarda ötgan yil mayidan buyon kuzatilgan eng yomon körsatkiç böldi.

Lekin tanaffusdan keyin jamoalar oçila boşladi va Meddison klassik markaziy forvard rolida paydo bölib, ikki himoyaçi qurşovida turganiga qaramay, Sarrning uzatmasini golga aylantirdi. Bu epizod ğalaba «şporlar»ga köproq kerakligini namoyiş etib berdi va ular goldan keyin ham töxtaş haqida öylaşmadi. «Villa» esa oddiy vaziyatda  pressingga doş bera olmadi va Son Hin Min Jonsonni qulay vaziyatga çiqarib yubordi. Mezbonlarning hujumlaridan naf çiqmadi, Dzaniolo intrigani tiriltiriş imkoniyatidan foydalana olmadi.

Mezbonlar sardori Makginning asablari doş bermay, maydon markazida Udojiga heç qanday zaruratsiz qöpollik qilişi esa mezbonlarning uzil-kesil taslim bölişiga olib keldi. Şundan keyin tribunalarni tark etişga kirişgan muxlislar esa sevimli jamoasi yana ikki gol ötkazganiga guvoh bölişmadi. «Villa» hamon törtinçi örinda, ammo endi «Tottenhem» bilan farq — ikki oçkoni taşkil etmoqda. Zaxirada bir öyini bor bölgan Angelos Posteköğli jamoasi asosiy yevrokubok uçun kuraşda favoritga aylandi.

Ispaniya: Madridliklarda çempionlik sari yana bir qadam

«Real» — «Selta» 4:0
Gollar: Vinisius (21), Guaita (79, avtogol), Dominges (88, avtogol), Guler (90+4).
«Real» – Lunin, Naço, Ryudiger, Mendi, Modriç (Kroos, 83), Valverde, Dias (Çuameni, 83), Kamavinga (Seballos, 88), Vaskes, Vinisius (Guler, 89), Rodrigo (Xoselu, 74).
«Selta» – Guaita, Mingesa (Sotelo, 77), Mankillo, Starfelt, Nunes, Sançes (Servi, 60), De La Torre, Beltran (Dominges, 77), Bamba (Alende, 60), Aspas, Larsen (Duvikas, 83).
Ogohlantirişlar: De La Torre (25), Kamavinga (45), Vinisius (55), Mingesa (55), Mankillo (82).

«Real» kutilganidek Bellinghemning qizil kartoçkasini bekor qildira olmadi. Aksinça, angliyalik futbolçi ikki öyinlik diskvalifikatsiyaga uçradi. Ammo bu madridliklar uçun qöşimça stimul böldi. Yakşanba kuni qaymoqranglilar ilk daqiqalardanoq maksimal tezlikni yoqişdi va yuqori kayfiyatda ekanini namoyiş etdi.

Bu esa öz-özidan gol olib keldi, Ryudigerning hujumidan keyin Vinisius Junior ikkinçi urinişda töpni darvozaga joyladi. Lekin Braim Dias, Rodrigo va Vinisiusda yana qulay vaziyatlar bölişiga qaramay, mezbonlar hisobdagi ustunligini tezda oşira olmadi. Birgina Kamavinga tanaffusga qadar beş bor zarba berdi.

Bunday holatda esa yana burçak zarbasi yordamga keldi, bu standart vaziyat joriy mavsumda jamoaning dahşatli quroliga aylangan. Bu safar ham birinçi bölimda bölgani kabi Ryudigerning «ikkinçi qavat»dagi aqlli öyini barçasini hal qildi. Germaniyalik himoyaçi yana özi gol ura olmagan bölsa-da, töp tösindan qaytganidan keyin şu kuni yorqin öyin körsatgan darvozabon Guaitaga tegib darvoza töriga yöl oldi.

Öyinning asosiy voqeasi esa — turkiyalik vunderkind Arda Guler nihoyat «Real» safidagi ilk golini urişi böldi. Yozda u «Barselona»ga ötişi kutilgandi, ammo kataloniyaliklar uni yana bir yil «Fenerbahçe»da qoldirmoqçi edi, Karlo Ançelotti esa unga öyin amaliyoti va’da qilib köndirdi. Ammo turk futbolçisi jarohatlardan aziyat çekmoqda va şu tufayli murabbiy ham köpinça unga işonç bildirmayapti. U Dani Sebalosning pasidan keyin darvozabonni aldab ötib gol urganida, uni xuddi finalda ğalaba golini urgandek tabriklaşdi. «Real» hamon «Jirona» bilan oraliq masofani saqlamoqda va çempionatdagi mağlubiyatsiz seriyasini 22 öyinga yetkazdi (+17=5). Bu «Qirollik klubi»ning Joze Mourinio boşqaruvi davridan buyon eng yaxşi seriyasi, portugaliyalik mutaxassis 2011/12 yillar mavsumida jamoa bilan qatorasiga 23 öyinni mağlubiyatsiz ötkazgandi.

Italiya: «Roma»ning irodasi

«Yuventus» — «Atalanta» 2:2
Gollar: Kambiyazo (66), Milik (70) — Kopmeyners (35, 75).
«Yuventus» – Şçensni, Kambiyazo (Vea, 83), Danilo, Bremer, Gatti, Lokatelli, Makkenni (Yildiz, 88), Miretti (Nikolussi-Kavilya, 76), Kiyeza, Milik (Ken, 76), Ayling (Aleks Sandro, 82).
«Atalanta» – Karnezekki, Zappakosta (Hatebur, 67), Jimsiti, Skalvini (Toloi, 67), Xin, Rujyeri (Bakker, 88), Paşaliç, Kopmeyners, Ederson, de Ketelare (Mirançuk, 88), Skamakka (Lukman, 57).
Ogohlantiriş: Hatebur (90+3).

Bir neça oy oldin «Yuventus» skudetto uçun «Inter»ga raqiblik qilayotgandi. Ammo bahor boşlanişiga kelib köp narsa özgarib ketdi. Simone Indzagi boşqaruvida milanliklar fenomenal futbol namoyiş etib, sifatli va tomoşabop öyinlarda ketma-ket ğalabalarga erişmoqda. Fevral oyida «Inter» tört öyinning barçasida törttadan gol urdi.

«Yuventus» esa «Inter»ga qarşi 4 fevral kuni ötkazilgan öyindagi mağlubiyatdan keyin (0:1) inqirozli holatga tuşib qoldi. Şundan buyon — ikki mağlubiyat, durang va autsayder «Frozinone»ga qarşi öyinning 90+4-daqiqasida Daniele Rugani urgan gol evaziga qölga kiritilgan bir ğalaba böldi. Va bu yevrokuboklarsiz mavsumda kuzatilmoqda. Bunday holatda çempionlik uçun kuraş haqida gap bölişi mumkin emas, endi asosiy e’tibor kuçli törtlikdagi örinni saqlab qolişga qaratiladi. «Atalanta» esa sönggi uç uçraşuvda birgina oçko olgan, qolaversa «Inter»dan qaqşatqiç mağlubiyatga uçralgan. 

Turinliklar Rabio va Vlahoviç yöqligiga qaramay, ilk daqiqalardan hujumkor öynadi. Jamoa töp nazoratini qölga oldi, raqib esa taşabbusni qaytarişga intilmadi ham. Lekin 35-daqiqaga qadar raqib darvozasiga birorta zarba yöllamagan mehmonlar hisobni oçişdi. Jarima zarbasi ijro etilganida Paşaliç töpni Kopmeynersga yetkazib berdi va niderlandiyalik futbolçi darvozabonga imkoniyat qoldirmadi. 

Mezbonlar ikkinçi bölimni ham kuçli boşladi va bölim örtalarida beş daqiqa içida barçasi özgardi. Avvaliga Kambiyazo kunning asosiy assistenti Makkenni yordamida hisobni tenglaştirdi. Köp ötmay amerikalik futbolçining uzatmasidan keyin Milik 12 metr masofadan turib aniq zarba berdi. Endi «Yuve» ğalabani qöldan çiqarmaydigandek körinayotgandi, ammo raqib kam sonli vaziyatlaridan foydalanişda davom etdi. Ikkinçi bölimda «Atalanta» faqat ikki bor zarba berdi va şundan bittasi golga aylandi, yana Kopmeyners aniq harakat qildi. Qolgan 15 daqiqalikni «Yuventus» faolroq ötkazdi, ammo öyinda boşqa gol urilmadi. Natijada durang turinliklarni uçinçi öringa, «Atalanta»ni – oltinçi öringa tuşirib yubordi.

«Milan» — «Empoli» 1:0
Gol: Pulişiç (41). 
«Milan» – Menyan, Kalabriya, Tomori (Kalulu, 63), Tiav, Ernandes, Loftus-Çik, Binnosir, Pulişiç (Çukvueze, 63), Reynders (Musa, 62), Okafor (Adli, 90), Yoviç (Jiru, 73).
«Empoli» – Kaprile, Luperto, Ismayli (Bereşinski, 42), Valyukeviç, Petssella (Kakaçe, 55), Male, Jurkovski (Kançeleri, 76), Fatssini (Kovalenko, 55), Gyasi, Kambiyagi, Niyang (Destro, 76).
Ogohlantirişlar: Fatssini (24), Reynders (26), Petssella (53), Jurkovski (65), Kançeleri (80).

«Milan» kutilgan işni qilib, yetti yildan buyon özini yenga olmagan raqibni yana bir bor mağlub etdi. Şu bilan birga, Stefano Pioli diskvalifikatsiyaga uçragan Rafael Leau yöqligida ham Pragada keçadigan Yevropa Ligasi 1/8 finali javob uçraşuvini öylab, Jiru, Musa va Kiyerga dam berdi. Maydonga çiqqanlar esa bir gol urişni uddalaşdi. Avvaliga arbitr Okafor Binnosirning uzatmasini qabul qilayotganida ofsayd holatida bölgan deb topib, bekor qilgandi, ammo VAR bu xatoni tuzatdi va Pulişiç tabriklarni qabul qilib oldi. Amerikalik futbolçi samarali harakatlar böyiça 14 oçko (8+6) töplab, top-5 ligalarda şaxsiy rekordini örnatdi. Rossonerilar esa  «Yuventus» va «Atalanta» öyinidagi durangdan foydalanib (2:2), ikkinçi öringa kötarildi.

«Fiorentina» — «Roma» 2:2
Gollar: Raniyeri (18), Mandragora (69) — Auar (58), Lorente (90+5). 
Aniq ijro etilmagan penalti: Biragi (80).
«Fiorentina» – Terraççano, Kayode, Milenkoviç, Raniyeri, Biragi, Bonaventura, Lopes (Artur, 90+2), Mandragora (Barak, 90+2), Gonsales (Ikone, 46), Sottil (Dankan, 78), Belotti (Nzola, 90+2).
«Roma» – Svilar, Anxelino (Spinatssola, 80), Lorente, Mançini (Heysen, 33), Ndika, Paredes (Pellegrini, 80), Kristante, Auar, Dibala (Baldanzi, 73), Lukaku, Al-Şa’roviy (Zalevski, 73).
Ogohlantirişlar: Mançini (6), Paredes (37), Heysen (45), Bonaventura (57), Milenkoviç (64), Ndika (68), Baldanzi (76).

Turindagi durang, şuningdek şanba kungi öyinda «Bolonya» «Inter»ga yutqazgani Daniele De Rossi boşqaruvida yorqin öyin körsatayotgan «Roma» uçun ideal vaziyat hosil qildi. Ammo «börilar»ni Florensiyada qiyin öyin kutib turgandi. «Fiorentina» yilni yaxşi boşlay olmagan, hozirda ğalabalar orasida durang va mağlubiyatlar qayd etayotgan bölsa-da, turnir jadvalining örtadan yuqori qismida qolmoqda va yevrokuboklar yöllanmasi uçun intilmoqda.

Şuning uçun, Raniyeri yiqilayotib boş bilan töpni mehmonlar darvozasiga yöllaşi syurpriz emasdi. Qolaversa, gap joriy mavsumdagi eng sermahsul italiyalik himoyaçi haqida bormoqda, u gollari sonini beştaga yetkazib ulgurdi. Tanaffusga qadar birgina gol ötkazilgani mehmonlarning omadi kelgani edi. Lekin vaziyatlardan foydalanmaslik «fialkalar»ga qimmatga tuşişi mumkin edi, çunki ikkinçi bölimda mehmonlar öyinini kuçaytirdi. Dibalaning raqib mudofaasini yorib ötişi bilan rivojlangan hujum yakunida töp Auarning boşiga aniq keldi va u öz imkoniyatidan foydalandi.

Ammo Vinçenso Italyanoning standartlari yana iş berdi. Birinçi holatda burçak zarbasidan keyin gol urilgandi. Ikkinçi gol — jarima zarbasidan keyin Belotti Mandragorani qulay vaziyatga çiqarişi orqali urildi. «Roma»da asosiy forvardga aylana olmagan va qişda ijaraga berlgan uşbu futbolçi bu bilan çeklanadi va Paredesni jarima maydoni içida fol işlatişga majbur qildi.

Ammo Svilar Biragi ijrosidagi penaltini qaytarib, rimliklar uçun imkoniyat saqlab qoldi. 11 metrlik zarbalar — «Fiorentina»ning zaif nuqtasi, jamoa futbolçilari qatorasiga beş bor «nuqta»da adaşgan! Agar bu vaziyatlardan foydalanilganida, florensiyaliklarning vaziyati boşqaçaroq bölardi. «Roma»ni esa qöşimça daqiqalarda şu kuni köngildagidek öynay olmagan himoyaçilar qutqarib qolişdi. N'Dika boş bilan töpni taşlab berdi, Liorente töpga töxtatmay zarba berib, uni tösin ostidan darvoza töriga kiritdi.

Germaniya: «Bayyer» töxtamayapti

«Bayyer» — «Volfsburg» 2:0
Gollar: Tella (37), Virts (86). 
«Bayyer» – Gradetski, Stanişiç, Ta, Tapsoba, Inkapie (Adli, 59), Grimaldo, Jaka, Palasios (Andrix, 90), Virts (Glojyek, 90), Tella (Hofmann, 76), Şik (Iglesias, 76).
«Volfsburg» – Kastels, Tseziger (Vimmer, 88), Lakrua, Yyens, Baku, Paredes, Arnold, Gerhardt (Berens, 88), Mayer (Vranks, 63), Vind (Bornauv, 32), Tiagu Tomaş (Sarr, 63).
Ogohlantirişlar: Gerhardt (7), Yyens (12), Adli (80).
Çetlatiş: Yyens (28).

«Bavariya» nihoyat gollar yomğiri uyuştirdi, ammo bu «Bayyer»ga heç qanday ta’sir körsatmadi. Leverkuzenliklar şunçaki öz öyinlarida oçko olişi talab etiladi va ular bu işni bekam-u köst uddalaşmoqda. Qolaversa, navbatdagi raqib bu vazifani osonlaştirib berdi, 28-daqiqadayoq Yyens ikkinçi sariq kartoçkani olib, «Volfsburg»ni bir kişi kam qoldirdi. Bungaça Virsning zarbasi ustunga tekkandi, hisob esa Habi Alonso jamoasi uçun klassikaga aylangan hujumda oçildi. Çap qanot himoyaçisi Grimaldo bu çempionatdagi 12-golli uzatmasini amalga oşirdi, boşqa qanotdagi lateral — Tella gol muallifi böldi. Bölim oxirida esa Virs Palasiosning ideal uzatmasidan keyin töpni töxtatmasdan darvoza töriga joylaştirib, baribir öz golini urdi. 8:1 yoki 2:0 — bu ikki hisob ham bir xilda oçko beradi, şuning uçun «Bayyer» va «Bavariya» örtasidagi farq hamon ön oçkoni taşkil etmoqda.

Fransiya: Enrike tajriba ötkazmoqda

«PSJ» — «Reyms» 2:2
Gollar: Abdulhamid (17, avtogol), Ramuş (19) — Manetzi (7), Diakite (45).
«PSJ» – Navas, Hakimi, Danilu Pereyra (Mendeş, 70), Lukas Beraldo, Ernandes, Soler (Dembele, 73), Ugarte, Zair-Emeri, Li Kan In, Barkolya (Kolo-Muani, 69), Gonsalu Ramuş (Mbappe, 73).
«Reyms» – Diuf, Foke, Abdulhamid, Agbadu, de Smet (Akiyeme, 59), Teuma (Hadra, 83), Munetsi, Atangana Edoa (Riçardson, 72), Ito (Stambuli, 83), Diakite, Darami.
Ogohlantirişlar: de Smet (39), Ugarte (42), Hakimi (54), Ito (79).

Mavr Çempionlar ligasida öz işini bajardi va zaxira örindiğidan joy oldi. Luis Enrike va’da qilganidek jamoasini Mbappesiz öynaşga örgatmoqda va jarayon tavakkalçilik bilan olib borilmoqda. «PSJ» Hakimining qöpol xatosidan keyin hisobda quvişiga töğri keldi. Bunga javoban ketma-ket hujumlar uyuştirildi va ikki daqiqa içida avvaliga avtogol urildi, keyin bunga qadar vaziyatlaridan foydalana olmagan Gonsalu Ramuş aniq zarba yölladi.

Ammo amaldagi çempionlar himoyada xatolar qilişda davom etdi va darvozaga qaytgan Keylor Navas qiyin ahvolda qoldi. Tanaffus arafasida Diakite golli pasiga gol ham qöşib qöyib, muvozanatni tikladi (2:2). Ikkinçi bölimda zaxiradan öyinga qöşilgan Mbappe ham ğalaba keltira olmadi. U 73-daqiqada maydonga tuşdi va öziga berilgan vaqt içida öyin qahramoniga aylanişi mumkin edi. Ammo u özi uçun qulay pozitsiyada turib töpni olis «töqqizlik»ka joylay olmadi; keyin esa jarima maydoni çiziğida hujum uyuştirib darvozabonni qiynab qöydi, navbatdagi urinişda qayçi uslubida zarba yöllaşda muvaffaqqiyatsizlikka uçradi. Yakunda — «PSJ»da qatorasiga uçinçi durang, lekin bu hozirça peşqadamning çempionlik imkoniyatlariga deyarli ta’sir körsatmayapti.

Kun statistikasi

  • «Lill» XXI asrda Fransiya çempionatida 7-marta 1-daqiqadayoq gol urdi. Jamoa «Renn»ga qarşi öyinda (bu jamoa birinçi hujumdayoq gol ötkazib yuboriş böyiça tengsiz - 8 marta) «Bordo»ning rekordini takrorladi.
  • «Atalanta» yarimhimoyaçisi Kopmayners A seriya safar öyinlarida 8 gol urdi. Top-5 ligalarda uning ampluadoşlari orasida bundan yuqori körsatkiç faqat «Real» havbeki Bellinghem tomonidan qayd etilgan (9).
  • «Mançester Siti» yarimhimoyaçisi de Bryuyne yil boşidan buyon 13 (2+11) samarali ball işladi va bu borada APL futbolçilari orasida yetakçi.
  • «Tuluza»ni bu mavsumda 21 marta ustun yoki tösin goldan qutqarib qolgan.
  • Niderlandiya çempionati 25 turidan keyin 40 oçko — «Ayaks»ning 1964/65 yillar mavsumidan buyon eng yomon natijasi.
  • Gretsiyalik hujumçi Pavlidis AZ klubi safidagi gollari sonini 50 taga yetkazdi.