"Dunyo" xabariga köra, Edita Ozbek migratsiya sohasida hamkorlikni yölga qöyişdan mamnun ekanligini bildirib, mamlakatdagi tibbiyot xodimlarini Britaniyada iş bilan ta’minlaşga tayyorligini aytib ötdi. Şuningdek, mutaxassislik darajasida ingliz tili kurslarini taşkil etiş ta’kidlandi.
Muzokaralar natijasida mamlakatning sohaviy vazirlik va idoralari bilan manzilli muzokaralar taşkil etiş uçun mazkur rekruting agentligi hamda Qirollik hamşiralik kolleji (Royal College of Nursing), Koventri universiteti (Coventry University), "Mutaxassis til kurslari" (Specialist Language Course), viza va immigratsiya vakillaridan iborat delegatsiyani 20-23 aprel kunlari Özbekistonga yuboriş böyiça kelişuvga erişildi.












