DW xabariga köra, Buyuk Britaniya moliya vaziri Jon Hili parlamentning Quyi palatasida çiqiş qilib, yangi paket haqida maʼlum qilgan. Uning umumiy qiymati taxminan 12 mlrd yevroga teng.

Reuters keltirgan Britaniya hukumati vakilining sözlariga köra, paket tarkibidagi 500 mln funt Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimida zudlik bilan bartaraf etilişi lozim bölgan kamçiliklarni töldirişga yönaltiriladi.

Hili parlamentdagi çiqişidan avval boş vazir Endi Byornem bilan birga Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan suhbatlaşganini aytgan.

Zelenskiy yordamni «öz vaqtidagi qadam» deb baholadi

Ukraina prezidenti Britaniyaning yangi moliyaviy va harbiy yordamini «haqiqatan ham kuçli va öz vaqtidagi qadam» deb atadi. Uning taʼkidlaşiça, Moskva Ukraina muammolar bilan yolğiz qolmasligini körişi kerak.

«Ukrainani mustahkamlaş yölidagi har bir qadam Rossiyani bu uruşni tugatişi zarurligini anglaşga yaqinlaştiradi», - dedi Zelenskiy.

U Byornem bilan suhbatda sanksiyalar siyosati ham muhokama qilinganini, Britaniya bu masalada qatʼiy pozitsiyasini saqlab qolişini bildirdi.

Niderlandiya ham yangi yordam ajratadi

Niderlandiya boş vaziri Rob Yetten 28-oktabr kuni Haagada Zelenskiy bilan uçraşuvdan söng Ukrainaga qiş mavsumi uçun 500 mln yevro harbiy yordam ajratilişini eʼlon qildi. Reuters maʼlumotiga köra, mablağ dronlar va Ukraina mudofaasini mustahkamlaş uçun zarur boşqa vositalarni yetkazib berişga sarflanadi.

Bundan taşqari, Niderlandiya hukumati yaqin uç yilda Ukrainaga 1,2 mlrd yevro noharbiy yordam yönaltiradi. Jumladan, tiklaş işlariga 2027-yilda 380 mln yevro, 2028 va 2029-yillarda esa 410 mln yevrodan ajratilişi közda tutilgan.

Mablağlarning bir qismi niderland kompaniyalarining Ukrainani tiklaşga investitsiya kiritişini qöllab-quvvatlovçi fondlarga yönaltiriladi. Şuningdek, energetika infratuzilmasini şoşilinç taʼmirlaş va sanoat uçun dastgohlar xarid qiliş ham rejalaştirilgan.

Zelenskiyning maʼlum qilişiça, Haagada ikki mamlakatning mudofaa, energetika va dasturiy taʼminot sohalaridagi korxonalari bilan ham uçraşuv ötkazilgan. Uning natijasida tomonlar jamoalariga Bliksem nomli maxsus havo mudofaasi loyihasini işlab çiqiş vazifasi qöyilgan.