DXX Samarqand viloyati boşqarmasi va viloyat IIB xodimlari hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda qoradori sotmoqçi bölgan şaxslar qölga olingan.

Urgut tumanida yaşovçi fuqaro – 26 yoşli B.X., 28 yoşli M.J. hamda 35 yoşli Y.F. noqonuniy giyohvand moddalar savdosi bilan şuğullanib kelayotgani aniqlanib, Urgut tumani Jarqişloq mahallasi hududida 1 kg “opiy”ni fuqaroga 25,5 ming dollarga sotayotgan vaqtida qölga olingan.

Qayd etilişiça, uşbu şaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilişi rejalaştirilib, hozirda suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.