Toşkent xalqaro aeroportining Aviatsiya xavfsizlik xizmati qöriqlaş nazoratçilar bölinmasi nazoratçisi tezkor tadbirda qölga olindi.
Ma’lum qilinişiça, nazoratçi A.B. xizmat mavqeyidan foydalangan holda özganing işonçiga kirib, uning pul mablağini noqonuniy tarzda özlaştirişni reja qilgan. Dastlab u ijtimoiy tarmoq orqali jabrlanuvçi bilan tanişgan va uning qarindoşini Toşkent xalqaro aeroportining Aviatsiya xavfsizlik xizmati qöriqlaş nazoratçilar bölinmasiga nazoratçi sifatida işga kiritib qöyiş evaziga 2 ming AQŞ dollari talab qilgan. Ammo jabrlanuvçi 1 800 dollar berişini bildirgan.
2023 yilning 6 dekabr kuni DXX va Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda A.B. 1 800 AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Holat yuzasidan A.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi va 28, 211-moddasi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Jinoyat işlari böyiça Mirobod tuman sudi hukmi bilan A.B.ga nisbatan 2 yil muddatga ozodlikni çeklaş jazosi tayinlangan.











