Amerikaning SpaceX kompaniyasi Starship kosmik kemasi bilan aloqa yöqolganini ma’lum qildi. Uning uçinçi sinovi bugun ertalab amalga oşirildi, translatsiya kompaniyaning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida olib borildi. Sinov parvozi yakunida kema bilan aloqa uzilib qoldi. Rejaga köra, u Yer atrofida parvozni amalga oşirişi va Hind okeaniga tuşişi kerak edi. 

Aloqa parvozning 49-daqiqasida, raketa 77 km balandlikda atmosferaga kirganida uzilib qolgan. Kema Fors körfaziga yaqinlaşa boşladi, ammo kutilgan «qöniş» sodir bölmadi. Starship şiddat bilan çayqala boşladi, şunda videoaloqa uzilib qoldi. 

Starship birinçi marta rejalaştirilgan parvozini muvaffaqiyatli yakunlaşga yaqin edi. Oldingi ikkita sinov raketaning parvoz paytida portlaşi bilan yakunlandi. Oxirgi marta, 2023 yilning noyabrida raketa kemadan ajralganidan söng portlagan va u bilan tez orada aloqa uzilgan. Birinçi sinovda raketa havoga kötarilayotganida portlagan edi. 

Starship - SpaceX tomonidan işlab çiqilgan Super Heavy raketasi va Starship kosmik kemasidan iborat öta oğir, qayta foydalaniş mumkin bölgan ikki bosqiçli tizim. Kompaniya kelajakda kema orbitaga uçib, muvaffaqiyatli qaytişini kutmoqda. Kompaniya şuningdek, Starship bilan sayyoralararo parvozlarni amalga oşirişni rejalaştirmoqda.