Tahlil 2017-2023 yillar oraliğida mamlakatda yölovçilarni taşiş va yölovçi aylanmasida sezilarli ösiş bölganligini körsatdi. 2017 yilda barça transport vositalari orqali 5 679,0 mln kişi öz manziliga yetkazilgan bölsa, 2023 yilda bu körsatkiç salkam 6 452,0 mln kişini taşkil etdi. Yölovçi aylanmasi esa 130,0 mlrd yölovçi-kmdan 152,7 mlrd yölovçi-kmga oşgan.
2023 yilda yölovçi taşişda avtomobil transportining uluşi 97,2 foizni taşkil qilgan. Agar 2017 yilda 5 591,3 mln kişi manzilga yetkazilgan bölsa, 2023 yilda ularning soni 6 270,2 mln kişini taşkil qilgan. Avtomobil transportida yölovçi aylanmasi mos ravişda ortib, 117,7 mlrd yölovçi-kmdan 133,8 mlrd yölovçi-kmga yetgan.
2017-2023 yillarda metropolitendan foydalangan yölovçilar soni 2,6 marotaba oşgan va 61,6 mln kişidan 162,7 mln kişiga yetgan. Mutanosib ravişda yölovçi aylanmasi ham 459,1 mln yölovçi-kmdan 1 186,4 mln yölovçi-kmga köpaygan.
Havo transporti vositasida taşilgan yölovçilar ham mazkur davr mobaynida 2,4 barobar oşgan va 2,2 mln kişidan 5,3 mln kişiga yetgan. Yölovçi aylanmasi 7,5 mlrd yölovçi-kmdan 13,8 mlrd yölovçi-kmga ortgan.
Transport xizmatlari bozori va infratuzilmasini rivojlantiriş maqsadida «Özbekiston - 2030» strategiyasida bir qator tadbirlar belgilangan. Jumladan: yölovçi va yuk taşiş xizmatlari hajmini 3 barobar oşiriş, aviaqatnovlar sonini 4 barobarga oşiriş, şahar va tumanlarni jamoat transporti bilan töliq qamrab oliş, yangi avtobuslar sonini 5 mingtaga va elektrobuslar sonini 2 mingtaga yetkaziş.












