AQŞ prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Moskva viloyatidagi «Krokus Siti Holl» konsert zalida sodir etilgan terakt oqibatida halok bölganlar va jarohatlanganlarga hamdardlik bildirdi.
Bu haqda AQŞ Milliy xavfsizlik kengaşining strategik aloqalar böyiça koordinatori Jon Kirbi jurnalistlar bilan ötkazilgan brifingda ma’lum qildi.
«Biz hammamiz Moskvadan xabarlar va videolavhalarni köryapmiz. Biz köproq ma’lumot olişga harakat qilamiz. Kadrlar şunçaki dahşatli, uni köriş juda qiyin. Bu oğir kun böldi, halok bölganlar va jarohatlanganlarning oilalari bilan birgamiz», dedi Oq uy vakili va voqeani «dahşatli hujum» deb atadi.
Kirbi, şuningdek, AQŞ Moskvadagi terakt haqida oldindan ma’lumotga ega bölmaganini ma’lum qildi.
«Krokus Siti Holl»dagi hujum ortida Ukraina turgan bölişi mumkinmi, degan savolga javob berar ekan, Oq uy vakili hozir Ukraina yoki ukrainaliklarning terakt bilan boğliqligi haqida heç qanday dalil yöqligini aytdi.













