Andijon şahrida istiqomat qiluvçi Bekjonovlar xonadonida 2 qizdan keyin 5 egizak dunyoga keldi. Ulardan 2 nafari öğil, 3 nafari esa qiz. Egizaklarning otasi Ixtiyorjon Bekjonov Andijon şahridagi böyoq işlab çiqariş korxonasida injener-metrolog lavozimida işlaydi. U egizaklarni yaxşi parvariş qiliş uçun astoydil harakat qilyapti.
Qöni-qöşnilar köçalarni bezatib, egizaklarning şifoxonadan çiqişini katta tantanalar bilan kutib olişibdi. Çaqaloqlarning otasi egiz farzandlariga taglik va qöşimça ozuqa taşiş bilan ovora. Biz xonadonga borgan kun ham baxtiyor otani çaqaloqlari uçun köplab taglik va maxsus ozuqa olib kelayotganida uçratdik.
“5 egizakligini bilib yiğladim…”
“Ikki qizning otasi edim. Yaratgandan öğil farzand sörab iltijo qilardim. Turmuş örtoğimning homiladorligini bilib tekşirtirdik. Boşida şifokorlar 3 yoki 4 egizak tuğiladi deyişgan. Juda hayron böldik. Özimda yöq xursand edim. Bir tomondan egizak farzandlar otasiga aylanişimga işongim kelmasdi.

Oradan ikki hafta ötib yana boşqa bir şifokor qabuliga bordik. U yerda homila 5 egizakdan iborat ekani haqida aniq aytişdi. Kutilmagan holatdan közimga yoş keldi. Uyga kelib bu haqda onamga ham aytdim. Onam ham yiğlab yubordi...
Orada tez-tez UZIlarga borib, bolalarning holatini kuzatib turdik. Şifokorlarning aytganini qilib, turmuş örtoğimni asabiylaştirmaslikka harakat qildik.

Tuğiliş payti ham ajoyib böldi-da. Hali tuğilişiga erta edi. Öttiz tört haftada tuğilişi kerak ekan, öttiz bir hafta beş kun deganda şifoxonaga borgandik. 6-iyul kuni soat 5:30 lar atrofida şifokor Sohiba opa “Qulluq bölsin!” deya hayajonlanib qönğiroq qildi. 2 öğil, 3 qiz egizaklarim eson-omon tuğilganini eşitib allaneçuk bölib ketdim. Ötirib olib rosa yiğladim...
Boşida egizaklarimni bir-biridan ajrata olmadim. Endi hozir yaxşi ajratyapman. Katta öğlim Muhammadzayd esli, bosiq, hadeganda yiğlayvermaydi. Qolganlari injiq, ajratib olaman. Katta qizim Musfira qovoğini köp soladi, uçinçi qizim Safinurim oppoq, şundan tanib olaman. Muhammadzaydim bilan Muhammadmironimni ajratişga biroz qiynalaman.



















