Xususan, RIA "Novosti"axborot agentligi tomonidan tarqatilgan maqolada ta’kidlanişiça, Özbekiston Turizm qömitasi ma’lumotlariga köra, 2024 yilda Rossiyadan bir millionga yaqin sayyoh kelişi kutilmoqda va respublika hukumati uşbu mamlakatdan sayyohlar oqimini köpaytiriş ustida faol işlamoqda.

Qömita marketing bölimi boşliği Aziz Mirjalilovning RIA "Novosti"ga aytişiça, Rossiya turizm bozori Özbekiston uçun strategik bozor hisoblanadi. "Bizning oldimizga juda katta vazifalar qöyilgan. Şulardan biri — joriy yilda Rossiyadan bir millionga yaqin sayyohni jalb etişdir", — deya Aziz Mirjalilov sözlaridan iqtibos keltirgan naşr.

Qayd etilişiça, joriy yil yanvar oyida Özbekiston prezidentining tegişli qarori bilan respublikaga, jumladan, Rossiyadan xorijiy sayyohlarni jalb etiş çora-tadbirlar dasturi tasdiqlangan.

"Vestnik Kavkaza" naşrida e’lon qilingan uşbu mavzudagi maqolada ta’kidlanişiça, 2023 yilda Rossiyadan Özbekistonga sayyohlar oqimi 714 ming kişini taşkil qilgan. "Bu undan oldingi yilgi körsatkiçdan 25,8 foizga köp. Rossiya Özbekistonga eng köp mehmonlar taşrif buyuradigan 5 ta davlat qatoriga kiradi", — deb yozgan "Vestnik Kavkaza".