Belgiya boş vaziri Aleksander de Kroo 12 aprel, juma kuni Bryusselda jurnalistlar bilan uçraşuvda mamlakat federal prokuraturasi Rossiyaning iyun oyi boşida bölib ötişi kerak bölgan Yevropa saylovlariga aralaşuvi yuzasidan suriştiruv boşlaganini ma’lum qildi. Belgiya razvedka xizmatlari Yevropa Ittifoqining Ukrainani qöllab-quvvatlaşiga putur yetkaziş maqsadida «bir qança Yevropa mamlakatlarida» faoliyat yuritayotgan Rossiya razvedka tarmoği mavjudligini tasdiqladi, dedi de Kroo.
«Moskvaning maqsadi juda aniq. Bu - Yevroparlamentga imkon qadar köproq rossiyaparast nomzodlarni saylaşga yordam beriş va bu institutda ma’lum bir rossiyaparast pozitsiyani kuçaytiriş», dedi Belgiya boş vaziri.
Gumonlanuvçilarning aniq soni hozirça aytilmagan
Dastlabki tekşiruv ma’lumotlariga köra, Yevroparlament a’zolariga Ukrainaning Rossiyaga qarşilik körsatişda Yevropa tomonidan qöllab-quvvatlanişini zaiflaştirişga qaratilgan rus tarğibotini tarqatgani uçun pul taklif qilingan. Bu Moskvaning Yevropa Ittifoqi saylovoldi kampaniyasiga aralaşuvi yakuniy maqsadi edi, dedi de Kroo. U hozirda qança deputat gumon ostida ekanligiga aniqlik kiritmadi.
Belgiya boş vaziri, şuningdek, mamlakat razvedka xizmatlari Moskvaning qöporuvçilik operatsiyasi foş etilgan Çexiya hukumati bilan yaqindan hamkorlik qilayotganini aytdi. AFP agentligi Belgiya prokuraturasidagi manbaga tayanib aniqlik kiritişiça, suriştiruv bir kun avval rasman boşlangan.
Suriştiruvning asosi
Mart oyi oxirida Yevroparlament bir neça a’zosi Rossiyaning yevropalik siyosatçilarga pora bergani iddaosi böyiça tergov ötkazişni talab qildi. Şu tariqa, «Yevropani yangilaş» fraksiyasi rahbari, fransuz Valeri Ayye YeP rahbari Roberta Metsolaga yöllagan maktubida uşbu masala böyiça «zudlik bilan va şaffof» içki tergov ötkazilişini talab qildi.
«Agar bölajak saylovlarda amaldagi deputatlar yoki nomzodlar Rossiya hukumati yoki uning işonçli vakillaridan pul olgan bölsa, ular foş etilişi va ularga qarşi çora körilişi kerak», — deya Ayyening sözlarini keltiradi AFP. «Yangilanayotgan Yevropa» fraksiyasi ham uşbu masala yuzasidan parlamentda zudlik bilan muhokama ötkazişga çaqirdi.
«Yaşillar» guruhi hamraisi germaniyalik Terri Rayntke sodir bölayotgan voqealarni «demokratiyaning mohiyatiga hujum» deb atadi. «Rossiya rahbariyati şu tariqa Ukrainadagi uruşi uçun javobgarlikdan qoçişga harakat qilmoqda», dedi u.
Rossiya taşviqoti va siyosatçilarning sotib olinişi
Ikki kun avval Çexiya rasmiylari Yevropada Rossiya propagandasini tarqatiş va yevropalik siyosatçilarga pora beriş bilan şuğullangan «Rossiya tomonidan moliyalaştirilgan ta’sir tarmoği»ni foş etganini ma’lum qilgan edi. Öşa kuni Germaniyaning Der Spiegel naşri va Çexiyaning Denik N gazetasi tomonidan tafsilotlar e’lon qilindi. Ularga köra, sxemaning bir qismi Voice of Europe yangiliklar sayti bölib, tarmoq markazida «Muxolifat platformasi - hayot uçun» sobiq rossiyaparast Ukraina partiyasi rahbari va Rossiya prezidentiga yaqin şaxs Viktor Medvedçuk hamda uning yordamçisi Artem Marçevskiy turgan.
Voice of Europe sayti muntazam ravişda yevropalik siyosatçilarning Ukrainaga yordamni töxtatiş haqidagi çaqiriqlarini çop etib turgan. Denik N gazetasiga köra, saytda e’lon qilgan yoki intervyu berganlarning ba’zilariga buning uçun pul tölangan, bu ba’zi hollarda iyun oyida bölib ötadigan Yevropa parlamentiga saylovlar uçun taşviqot xarajatlariga mos keladi. Oluvçilar qatoriga olti davlat – Germaniya, Belgiya, Fransiya, Vengriya, Niderlandiya va Polşa siyosatçilari kirgan.
Politico naşrining xabar berişiça, Voice of Europe orqali çiqiş qilgan Yevropa Ittifoqining 16 nafar deputati aniqlangan, ularning barçasi - öta öng qanot siyosatçilari. Çexiyalik jurnalistlar pul oluvçilarning aniq ismlarini aytmadi, lekin ta’kidlaşiça, sayt, xususan, «Germaniya uçun muqobil» (GuM) öng qanot populistik nemis partiyasi siyosatçisi - Yevropa parlamenti a’zosi Maksimilian Kra, şuningdek Bundestag deputati Petr Bistron bilan intervyularni çop etgan.
Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida yangi Yevropa parlamenti uçun saylovlar 6-9 iyun kunlari bölib ötadi.












