Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Duşanbe şahridagi oliy darajadagi muzokaralardan söng, 18 aprel kuni ommaviy axborot vositalari vakillari uçun bayonot berdi. 

Tomonlar döstlik va işonç muhitida ötgan oliy darajadagi uçraşuvlar yakunlarini yuksak baholadilar. 

- Yana bir bor ta’kidlayman, Tojikiston Özbekiston uçun eng yaqin, işonçli, asrlar bilan sinalgan strategik şerikdir. Birodar özbek va tojik xalqlari köp asrlik döstlik riştalari bilan çambarças boğlangan. Bizni umumiy tarix, madaniy va ma’naviy qadriyatlar, an’ana va urf-odatlar birlaştirib turadi, dedi Şavkat Mirziyoyev. 

Ittifoqçilik munosabatlari töğrisidagi şartnomaning imzolanişi uşbu taşrifning çinakam tarixiy natijasi bölgani qayd etildi: 

- Bu qadam bilan Özbekiston va Tojikiston örtasidagi köp qirrali strategik şeriklik va ittifoqçilikni çuqurlaştiriş böyiça ortga qaytmas yöldan yurişga qat’iy intilişimizni tasdiqladik. Uşbu muhim hujjat, heç mubolağasiz, ikki tomonlama munosabatlarda yangi tarixiy davrni anglatadi, dedi Mirziyoyev. 

Savdo va sanoat kooperatsiyasini kengaytiriş hamkorlikning ustuvor yönalişi etib belgilandi. Keyingi yillarda bir neça ön karra köpaygan tovar ayirboşlaş barqaror ösib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi. Ikki mamlakat hukumatlari oldiga tovar ayirboşlaşni, şu jumladan uçinçi mamlakatlardan importning örinini faol töldiriş orqali 2 milliard dollarga yetkaziş vazifasi qöyildi. 

«Oybek-Fotihobod» çegaraoldi erkin savdo zonasi va «Andarxon» savdo-logistika markazini taşkil etiş işlarini jadallaştiriş muhimligi ta’kidlandi. 

Oliy darajadagi uçraşuvlar çoğida sanoat kooperatsiyasida, eng avvalo, ikki mamlakat bir-birini töldirib turgan an’anaviy tarmoqlarda yangi ösiş nuqtalari belgilandi. 

Maşinasozlik, energetika, elektrotexnika, metallurgiya, qazib çiqariş, töqimaçilik, farmatsevtika, agrosanoat va boşqa ustuvor tarmoqlardagi qöşma loyihalar şular jumlasidan. Bunday muhim loyihalarni qöllab-quvvatlaş uçun Özbekiston-Tojikiston investitsiya kompaniyasining salohiyatidan samarali foydalaniladi. 

Suv-energetika sohasidagi hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi. Transçegaraviy suv resurslaridan birgalikda foydalaniş sohasida konstruktiv hamkorlikni davom ettirişga tayyorlik bildirildi. 

Hamkorlikning yana bir strategik yönalişi – ikki mamlakat transport-tranzit salohiyatini oşiriş uçun qulay şaroitlar yaratiş. Yölovçi va yuklar taşiş hajmini oşiriş, zamonaviy çegaraoldi va bojxona infratuzilmasini yaratiş böyiça qöşma çoralar köriladi. 

Tomonlar uşbu tarixiy taşrif, uning samarali natijalari va imzolangan muhim hujjatlar ikki mamlakatning jadal taraqqiyotiga xizmat qilişi, birodar Özbekiston va Tojikiston xalqlarining umumiy farovonligini ta’minlaşiga işonç bildirdi.