Prezident Şavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat taşrifi doirasidagi tadbirlar yakuniga yetdi.
18 aprel kuni Özbekiston rahbari Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bilan tor doirada va kengaytirilgan tarkibda muzokaralar ötkazdi. Davlat rahbarlari ikki tomonlama munosabatlarda yangi tarixiy bosqiçni boşlab bergan Ittifoqçilik munosabatlari töğrisidagi şartnomani imzoladi.
Prezidentlar farmoni bilan yuksak faxriy unvonlarga sazovor bölgan ikki mamlakat madaniyat va san’at arboblaridan bir guruhini taqdirlaş marosimi bölib ötdi. Yetakçilar birgalikda «Döstlik oqşomi» konsert dasturini tomoşa qildi.
19 aprel kuni Şavkat Mirziyoyev Tojikiston Parlamenti quyi palatasi raisi Mahmadtoir Zokirzoda va boş vazir Qohir Rasulzoda bilan uçraşdi.
Şuningdek, Mirziyoyev va Rahmon Özbekistonning Duşanbedagi elçixonasi yangi binosini tantanali ravişda oçib berdi hamda Özbekiston sanoat mahsulotlari körgazmasi bilan tanişdi.
Taşrif yakunida Şavkat Mirziyoyevni Duşanbe xalqaro aeroportida Imomali Rahmon kuzatib qöydi. Prezident Şavkat Mirziyoyev Toşkentga qaytib keldi.














