Köksaroyda prezident huzuridagi Xorijiy investorlar kengaşining ikkinçi yalpi majlisi boşlandi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev yiğilişda jahonning yetakçi kompaniyalari va moliya institutlari rahbarlari bölgan yaqin hamkorlar va yangi şeriklar iştirok etayotganidan mamnunligini bildirdi.
“Hukumat hamda investorlar örtasida oçiq va samarali muloqotning yölga qöyilgani barqaror iqtisodiy taraqqiyotning asosiy kalitidir. Şu sababli bugungi zamon bilan hamnafas qadam taşlab, öz oldimizga aniq rejalarni qöyişga va sa’y-harakatlarimizni yanada uyğunlaştirişga çaqiraman”, - dedi prezident.
Davlat rahbari kengaş doirasida törtta yönalişda işçi guruhlarni taşkil etiş va ularni töliq amalga oşirişda faol iştirok etişga taklif etdi.
Birinçidan, kapital bozorini rivojlantiriş. Bu yönalişda xorijiy investorlarning talablariga töla javob beradigan xalqaro moliya markazini rivojlantiriş uçun içki va taşqi kapitalni keng jalb etişga asosiy e’tiborni qaratiş lozimligi ta’kidlandi.
Ikkinçidan, mas’uliyatli biznes yuritiş. Bu borada iqtisodiyot barqarorligi, şaffofligi va oçiqligini ta’minlaşga qaratilgan Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot taşkilotining tegişli tamoyillarini keng joriy etiş dolzarb vazifadir.
Uçinçidan, muqobil investitsiyalarni rağbatlantiriş. Bunda startap, innovatsion loyihalar, birgalikdagi sarmoyalarni köpaytiriş uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş maqsadida “Vençur investitsiyalar töğrisida”gi yangi qonunni işlab çiqiş va qabul qiliş katta ahamiyatga ega.
Törtinçidan, investorlar bilan işlaş tizimini raqamlaştiriş. Xorijiy investorlar bilan davlat organlari örtasidagi barça xizmatlarni amalga oşiriş uçun mukammal elektron platformani işlab çiqiş va amaliyotga keng joriy etiş vaqti kelgani ta’kidlandi. Bu investorlarni qiynayotgan kompleks muammolarni öz vaqtida va tizimli hal etişga imkon beradi.











