Özbekiston prezidenti Vengriya elçisi Yojyef Roja, Eron Islom Respublikasi elçisi Muhammadali Iskandariy, Çexiya Respublikasi elçisi Lyubomir Frebort, Ummon Sultonligi elçisi Vafo al-Busaidiy, Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi elçisi Muhammad Irqiydan işonç yorliqlarini qabul qildi.

Özbekiston prezidenti global geosiyosiy va iqtisodiy muammolar avj olayotgan, barqaror rivojlanişga tahdidlar tobora kuçayayotgan hozirgi davrda davlatlar örtasida konstruktiv muloqotni yölga qöyişda, döstona va özaro manfaatli munosabatlarni yölga qöyişda diplomatlar faoliyati yanada muhim ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi.

– Bugungi Özbekiston – jahonga keng oçilayotgan, xorijiy şeriklari bilan uzoq muddatli va keng qamrovli aloqalarni izçil rivojlantirib borayotgan tinçliksevar va adolatli ijtimoiy davlatdir, - dedi prezident.

Prezident Vengriya elçisiga murojaat qilar ekan, Budapeşt Özbekistonning Yevropadagi muhim va vaqt sinovlaridan ötgan işonçli şerigi ekanini qayd etdi.

– Sönggi yillarda boş vazir Viktor Orban bilan birgalikdagi qat’iy intiliş va aniq maqsadga yönaltirilgan harakatlarimiz natijasida aloqalarimiz strategik şeriklik darajasiga kötarildi, – dedi prezident.

Toşkent va Budapeşt örtasida aviaqatnovlar boşlanişi işbilarmonlik aloqalari va turizm almaşinuvlarini yanada faollaştirişga xizmat qilişiga işonç bildirildi.

Davlat rahbari Eron bilan Özbekiston örtasidagi aloqalar köp ming yillik tarixiy ildizlardan kuç olayotganini ta’kidladi. Barça darajada özaro muloqotlar faollaşdi. Ikki tomonlama savdo hajmi ösmoqda, qöşma korxonalar soni 300 taga yetdi. Qayd etilganidek, tomonlar tovar ayirboşlaşni 1 milliard dollarga yetkaziş böyiça aniq rejalarni belgilab olgan.

Özbekiston Eron bilan toğ-kon, energetika, kimyo sanoati, qişloq xöjaligi, soğliqni saqlaş va farmatsevtika sohalaridagi hamkorlik kölamini kengaytirişdan manfaatdor. Transport yölaklari va tranzit borasidagi hamkorlik salohiyatini töliq işga soliş muhimligi qayd etildi.

Prezident Çexiya Respublikasi Özbekistonning Yevropa Ittifoqidagi an’anaviy va muhim hamkori ekanini ta’kidladi. Ötgan yili hukumat delegatsiyalarining özaro taşriflari ikki tomonlama aloqalarimizni yangi bosqiçga kötardi. Özbekistonda Çexiyaning yetakçi kompaniyalari sanoat, infratuzilma, tibbiyot, quriliş materiallari işlab çiqariş sohalarida muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. “Toşkent-Praga” aviaqatnovlari yölga qöyilmoqda.

Kelişilgan investitsiya loyihalarini töliq amalga oşiriş va sanoat kooperatsiyasi böyiça dasturni qabul qiliş muhimligi ta’kidlandi. Çexiya Eksport banki hamda Eksportni kafolatlaş va suğurtalaş korporatsiyasining mamlakatimiz bank-moliya bozoriga kiriş rejalari yuqori baholandi.

Prezident Ummon Sultonligi Özbekistonning Yaqin Şarq mintaqasidagi muhim hamkorlaridan biri ekanini ta’kidladi. Muqaddas islom dini, öxşaş urf-odat va qadriyatlar hamkorligimizning mustahkam poydevoridir.

– Toşkentda Sulton Haysam Ol Said iştirokida oçilgan Şarqşunoslik institutining muhtaşam kutubxonasi davlatlarimiz örtasida öziga xos döstlik ramzi bölib kelmoqda, – dedi davlat rahbari.

Ikki mamlakat hamkorligida hali işga solinmagan juda katta salohiyat bor. Tez orada Hukumatlararo komissiyaning yiğilişini ötkaziş, Işbilarmonlar kengaşini tuziş zarurligi qayd etildi. Qişloq xöjaligi, transport va logistika, telekommunikatsiya, töqimaçilik sanoati, turizm kabi sohalar hamkorlik uçun istiqbollidir. Özbekiston-Ummon investitsiya kompaniyasi imkoniyatlaridan unumli foydalaniş muhimligi ta’kidlandi.

Özbekiston prezidenti Jazoir arab-musulmon dunyosida jadal sur’atda taraqqiy etayotgani, katta iqtisodiy salohiyatga ega mamlakat, Afrika qit’asidagi istiqbolli şerik ekanini ta’kidladi. Jazoir arab davlatlari orasida birinçi bölib Toşkentda öz elçixonasini oçgan.

Oliy darajadagi uçraşuvlarni taşkil etiş, siyosiy maslahatlaşuvlar mexanizmini joriy etiş, Hukumatlararo komissiyaning birinçi yiğilişini ötkaziş zarurligi, bu ikki tomonlama munosabatlarga yangi sur’at bağişlaşi ta’kidlandi.

Neft-gaz, energetika, qişloq xöjaligi va turizm sohalarida aniq investitsiya loyihalarini işlab çiqiş va amalga oşiriş uçun delegatsiyalarning özaro taşriflarini uyuştiriş zarurligi qayd etildi.

Marosim yakunida prezident elçilarga şarafli faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tilab, mamlakat hududlariga boriş, yurtda bölayotgan bunyodkorlik işlari bilan tanişişga çaqirdi.