AQŞ prezidenti Jo Bayden Ukrainaga 400 million dollar miqdorida harbiy yordam körsatişni buyurdi, deya xabar berdi Oq uy. 

«AQŞ Konstitutsiyasi va qonunlari bilan prezident sifatidagi vakolatlarimdan foydalangan holda, Davlat kotibiga 400 mln dollar ajratiş topşiriğini berdim. Bu mablağlar Mudofaa vazirligi xarajatlari, harbiy tayyorgarlik, şuningdek, Ukrainaga yordam körsatiş uçun sarflanadi», deyiladi relizda. 

Politico naşrining yozişiça, yordamning yangi paketiga Amerika harbiy omborlaridagi qurollar: Patriot tizimlari uçun raketalar, Stinger zenit-raketalari, tankka qarşi Javelin tizimlari, Bradley jangovar maşinalari kiradi. 

24 aprel kuni AQŞ prezidenti Jo Bayden Ukrainaga 61 milliard dollar miqdorida qöşimça moliyaviy yordam körsatişni öz içiga olgan qonun loyihasini imzolagan edi.