Rossiya Davlat dumasi 14 may kuni bölib ötgan yalpi majlisda boş vazir Mixail Mişustinning yangi hukumati uçun vazirlar nomzodini tasdiqladi. 

Yangi vazirlarning tasdiqlangan röyxati quyidagiça:

- Anton Siluanov - Moliya vaziri;

- Anton Alixanov - sanoat va savdo vaziri;

- Aleksandr Kozlov - tabiiy resurslar vaziri;

- Mixail Degtyarev - sport vaziri;

- Maqsut Şadayev – raqamli rivojlaniş vaziri;

- Roman Starovoyt - transport vaziri;

- Aleksey Çekunkov - Uzoq Şarq va Arktikani rivojlantiriş vaziri;

- Sergey Tsivilev - Energetika vaziri;

- Valeriy Falkov - Fan va oliy ta’lim vaziri;

- Irek Fayzullin - quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vaziri;

- Maksim Reşetnikov - Iqtisodiy rivojlaniş vaziri;

- Mixail Muraşko - Soğliqni saqlaş vaziri;

- Olga Lyubimova - Madaniyat vaziri;

- Oksana Lut - qişloq xöjaligi vaziri;

- Anton Kotyakov - Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qiliş vaziri. 

15 vazirdan ön nafari Mixail Mişustinning avvalgi hukumatida şu lavozimlarni egallagan. Birinçi marta Alixanov, Degtyarev, Lut, Starovoyt va Tsivilev yangi portfellarini olmoqda. 

Bir kun oldin Davlat Dumasi boş vazirning 10 nafar örinbosarini tasdiqladi. Ulardan sakkiz nafari öz lavozimini saqlab qoldi, yangilari Dmitriy Patruşev (sobiq qişloq xöjaligi vaziri, Nikolay Patruşevning öğli) va Vitaliy Savelev (sobiq transport vaziri) edi. 

2020 yilda Rossiya Konstitutsiyasiga kiritilgan özgartirişlardan söng, mudofaa, adliya, taşqi işlar va içki işlar vazirlari lavozimiga nomzodlar Davlat Dumasi emas, Federatsiya Kengaşi tomonidan tasdiqlanadi.