Xarkiv yaqinida hujum uyuştirgan rus qöşinlari bir hafta içida Ukraina hududining 278 kvadrat kilometrini egallab oldi. Bu bahoni AFP 16 may, payşanba kuni e’lon qildi.
Qayd etilişiça, jurnalistlar Amerika uruşni örganiş instituti (ISW) ma’lumotlariga tayangan. Unga köra, Xarkiv yaqinida 9 maydan 15 maygaça bölgan davrdagi hujum paytida Ukraina öz hududining 257 kvadrat kilometrini boy bergan. Rossiya qöşinlari frontning boşqa tarmoqlarida, xususan, Ukraina janubidagi Rabotnoye qişloği hisobidan jami yana 21 kvadrat kilometrni egallab oldi.
Şunday qilib, Rossiya armiyasining bir hafta içida Ukrainada oldinga siljişi 2022 yil dekabridan beri eng muhim voqea böldi, deya ta’kidlaydi AFP. Hammasi bölib, qöşni davlatning hujumi 2022 yil fevral oyida boşlanganidan beri, ISW ma’lumotlariga köra, Rossiya 65,3 ming kvadrat kilometr yoki Ukraina hududining 12 foizini egallab oldi. Naşrda körsatilgandek, Qrim uşbu hisob-kitoblarda hisobga olinmagan.
Rossiyaning Xarkiv viloyatiga hujumi
Rossiya armiyasi 10 may kuni ertalab Xarkiv viloyatiga hujum boşladi. 16 mayga qadar Rossiya Qurolli kuçlari mintaqada önga yaqin aholi punktlarini egallab olişga muvaffaq böldi. Ular orasida Vovçansk şimolidagi Pletenevka va Gatişçe, şuningdek, Borisovka, Ogursovo, Pilnaya va Streleçya bor.
14 may kuni keçqurun Ukraina Qurolli kuçlari boş ştabi Facebook’da Ukraina bölinmalari duşmanning hujum amaliyotlari fonida «harbiy xizmatçilar hayotini saqlab qoliş uçun manyovr qilgani va yanada qulayroq pozitsiyalarga ötgani» haqida yozdi.
16 may kuni Rossiya Mudofaa vazirligi Telegram’da «Sever» kuçlar guruhi bölinmalari duşman mudofaasiga kirib kelgani hamda Xarkiv viloyati Dergaçi, Lipsi va Vovçansk aholi punktlari hududlarida «Kraken» va xorijiy legion tuzilmalari, 125-mudofaa brigadasi kuçi va texnikasi, 15-çegara otryadi kuçlarini mağlubiyatga uçratgani haqida xabar berdi.
«Bundan taşqari, Xarkiv viloyatidagi Staritsa va Glubokoye aholi punktlari hududlarida ikkita qarşi hujum qaytarildi», — deya ta’kidlaydi Rossiya mudofaa vazirligi.
Öz navbatida, Xarkiv viloyati harbiy ma’muriyati (VHM) rahbari Oleg Sinegubov 16 may kuni Telegram’da kun boşidan beri Ukraina qöşinlari bölinmalari «Pilnaya - Lipsi, Lukyansi - Slobojanskoye, Pilnaya - Slobojanskoye, Murom - Staritsa yönalişlarida duşmanning törtta hujumini muvaffaqiyatli» qaytarganini yozdi.












