Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Xitoy rahbari Si Jinping Pekindagi uçraşuv çoğida özlarining umumiy strategik manfaatlarini tasdiqladilar va AQŞning global hukmronligini tanqid qildilar. 16 may, payşanba kuni bölib ötgan muzokaralarda ular Rossiya va Xitoy örtasidagi siyosiy va iqtisodiy hamkorlikni kengaytirişga kelişib oldilar.
Putin Xitoyga ikki kunlik davlat taşrifini amalga oşirdi. Bu uning Rossiya Federatsiyasi prezidenti sifatida beşinçi muddatga inauguratsiya qilinganidan keyin birinçi xorijiy safaridir. Taşrif avvalida Putin ikki yirik davlat örtasidagi «misli körilmagan yuqori darajadagi strategik şeriklik» haqida ma’lum qildi.
Öz navbatida, Si Jinping Putinni qutlar ekan, «sönggi uç çorak asr davomida Xitoy-Rossiya munosabatlari oğir şaroitlarda şakllangani, özgaruvçan xalqaro vaziyat sinovidan ötgani va bugungi kunda yirik qöşni davlatlar örtasidagi özaro munosabatlar standartini ifodalaşi»ni aytib ötdi.
AQŞni tanqid qiliş
Putin va Si AQŞni tobora tajovuzkor xatti-harakatlarda ayblab, harbiy va mudofaa sohasidagi hamkorlikni çuqurlaştiriş niyatini bildirdi. «Qöşma Ştatlar strategik muvozanatni buzişga harakat qilmoqda», deb ta’kidlagan ikki davlat rahbarlari qöşma bayonotda. Ular Qöşma Ştatlar dunyoning köplab mintaqalarida harbiy jihatdan mavjudligini eslatib, Xitoy va Rossiyaga tahdid solayotganini bildirdi. Putin «köp qutbli dunyo» quriş muhimligini yana bir bor ta’kidladi.
Bir neça hafta oldin AQŞ davlat kotibi Entoni Blinken Xitoyga taşrifi çoğida Pekindagi rahbariyatni Rossiya bilan harbiy hamkorlikni çuqurlaştirişdan voz keçişga işontirişga uringan edi. Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi fonida Blinken Xitoyga Rossiya mudofaa sektori bilan hamkorlik qilayotgan mahalliy kompaniyalarga nisbatan kengaytirilgan sanksiyalar bilan tahdid qildi.
Xitoyga taşrifi çoğida Putinga Rossiyaning yuqori martabali vakillaridan iborat katta delegatsiya, jumladan, Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov, Rossiyaning yangi mudofaa vaziri Andrey Belousov va Rossiya Markaziy banki rahbari Elvira Nabiullina hamrohlik qildi. Rossiya prezidentiga qator yirik kompaniyalar – «Rosneft» rahbari Igor Seçin, «Sberbank» rahbari German Gref va tadbirkor Oleg Deripaska ham hamroh böldi.












