CCI (Coca Cola Icicek) Uzbekistan kompaniyasining qiymati 112 mln AQŞ dollariga teng bölgan yangi COCA COLA içimligi zavodi Turkiyaning Anadolu Group kompaniyasi bilan hamkorlikda işga tuşirildi.

15 may kuni bölib ötgan yangi zavodning tantanali oçiliş marosimida Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov, Investitsiyalar va savdo-sanoat vaziri Laziz Qudratov, AQŞ elçixonasi, Turkiyaning Özbekistondagi konsulligi vakillari, OAV hamda jamoatçilik vakillari iştirok etişdi.

“Yangi zavodning işga tuşirilişida öz hissasini qöşayotgan barça fidoyi insonlarga samarqandliklar nomidan öz minnatdorçiligimni bildiraman. Bundan 3 yil avval Urgut iqtisodiy zonasidagi 18,5 gektar hududda boşlangan zavod qurilişi tugatilib, işga tuşirilişi bilan bugun 200dan ortiq iş örinlari yaratilyapti”, - dedi viloyat hokimi Erkinjon Turdimov.

Yangi COCA COLA içimligi zavodining yillik işlab çiqariş quvvati yiliga 280 mln litrga teng bölib, 100 mln AQŞ dollari miqdorida xorijiy investitsiyalar kiritilgan. Zavod MDH davlatlariga salqin içimliklarni eksport qilişni közda tutgan.

Anadolu Group boş direktori Burak Başarir ikki mamlakat kompaniyalarining hamkorligi haqida gapirdi:

“Bugungi kungaça Anadolu Group Özbekiston iqtisodiyotiga 500 million AQŞ dollaridan ortiq investitsiya topişga erişdi va bu ötgan davrga nisbatan salmoqli sarmoya hisoblanadi. Bu öz örnida bizning Özbekiston xalqi, hukumati, iqtidori va biznes muhitiga bölgan 100% işonçimizning ifodasidir.